Yaponiya.
Ijtimoiy munosabatlar. Yaponiyada mulkchilik munosabatlari XI–XII asrlarda uzil-kesil shakllanadi. Bu paytga kelib yer egalari mulklari – syoenlar vujudga keladi. Bunday yerlar merosiy bo’lib syoenlar barcha soliqlardan ozod etilgan. Zamindorlar o’z yerlarini kambag’al dehqonlarga ijaraga berishgan.
Yaponiyada yirik yer egalari ma’lum toifalarga bo’lingan. Ulardan eng nufuzlilari – xanke deb nomlangan. Ularning vassallari ryokalar bo’lgan. Harbiy bo’linmalar jangchilari esa – samuraylar deb nomlangan. Ularga xo’jayinlari harbiy xizmat evaziga yer-mulk berganlar.
Mamlakatning siyosiy tuzumi. Yaponiyada boshqa mamlakatlardan farq qiladigan siyosiy tuzum shakllanadi. Mamlakatni XII asrdan mikado – imperator boshqargan. U mamlakatdagi barcha yerlarning egasi hisoblangan. Zodagonlar esa uning amaldorlari va noiblariga aylangan. Vilovat noiblarining mustaqil boshqarishga intilishi esa aksari holatlarda mamlakatni siyosiy tarqoqlikka olib kelgan.
Imperator hokimiyati zaiflana borib ko’p o’tmay real hokimiyat mamlakatdagi eng kuchli mulkdor, harbiy qo’mondon – syogun qo’liga o’tadi. Dastlab syogunlik XII asr oxiridan mahalliy mulkdorlardan biri Minamoto tomonidan o’rnatilgan. U samuraylardan tuzilgan qo’shini bilan raqiblarini yengib, imperator poytaxti Kiotoni qo’lga kiritadi. Minamoto davlatni o’zining Kamakuradagi qal’a – saroyidan turib boshqaradi. Shu tariqa Yaponiyada qo’sh hokimiyatchilik paydo bo’ladi.
Mamlakatda dehqonlarning ahvoli nihoyatda og’ir edi. Soliqlarning ko’payib borishi xalqni ayniqsa qiynagan. Manbalarda yozilishicha, XIV–XV asrlarda yapon qishloqlarida ocharchiliklar tez-tez takrorlanib turgan.
Yaponiya shaharlari taraqqiyoti. Yaponiyada o’rta asrlarda shaharlar o’sib, ularda hunarmandchilik va savdo rivojlangan. Yaponlar xitoyliklardan shoyi ipak, metallar. lak ishlab chiqarishni o’zlashtirib olganlar. Mamlakatda qadim zamonlardan temir. mis, oltin va kumush qazib olingan. Yapon ustalari bu ma’danlardan ajoyib qu-rollar tayyorlaganlar. Qurolsozlar yasagan qilichlar o’zining sifati bilan shuhrat qo-zongan. Manbalarda yozilishicha, 1483-yili savdogarlar chet mamlakatlarga 67 ming dona qilich olib ketganlar. Yapon chinnisi, yelpig’ichlari, suyakdan, qimmatbaho toshlardan yasalib laklangan san’at buyumlari. paxtadan va ipakdan to’qilgan gazlamalari ham xorijda yuqori baholangan. Yaponlar, Koreya, Xitoy, Vyetnam, Tailand, Filippin bilan qizg’in savdo olib borganlar. Mamlakatda – Sakai, Xyogo, Xakata, Nagasaki kabi yirik, aholi zich yashaydigan port shaharlari bor edi.
Dostları ilə paylaş: |