3-mavzu. Zoʻrlikni boshidan oʻtqazgan bolalarga psixologik yordam tamoyillari Reja


Zoʻrlik qurboni boʻlgan bolalarga psixologik maslahat berish



Yüklə 41,92 Kb.
səhifə2/6
tarix10.06.2022
ölçüsü41,92 Kb.
#116832
1   2   3   4   5   6
3-mavzu. Zo rlikni boshidan o tqazgan bolalarga psixologik yorda

Zoʻrlik qurboni boʻlgan bolalarga psixologik maslahat berish.

Zoʻrlik qurboni boʻlganlar bilan psixolog ishining asosiy maqsadi azoblovchi qaygʻu oqibatini kamaytirish va bartaraf etish.
Bunday bolalarga konsultatsiya berish jarayonida bola bilan kontakt oʻmatish psixolog uchun muhim. Bunda doimo bola haqida mehribonchilikni namoyon etishga urgʻu berish lozim. Bola adekvat yoki noadekvat usullar bilan psixolog qanchalik u haqida qaygʻurayotganini doimo tekshirib boradi.
Psixolog oldida turgan vazifalar:

  • Bolada uyat, ayb, kuchsizlik hissini kamaytirishga urinish;

  • oʻzining kerakligi haqidagi hislarni mustahkamlashga yordamlashish;

  • yangi xulq-atvor pattemini shakllantirish;

  • atrofdagi odamlar bilan oʻzaro aloqaga kirishishga yordamlashish;

  • bola oʻz-oʻzini aniqlashini rivojlantirish, oʻz "Men"ini shu qatorda jismoniy Men obrazini qabul qilishga yordam berish.

Konsultasiyaning oʻtkazish seanslari zoʻravonlik davom etgan vaqt davomiyligiga bogʻliq. Uzoq vaqt davom etgan zoʻravonlik uzoq olib boriladigan psixologik reabilitatsiya ishini talab etadi. Shuningdek, bu jarayonga faqatgina bola emas, balki bolaning butun oila aʼzolari ham jalb qilinadi.
Mutaxassislar bunday bolalar bilan ishlashda vizual, kognitiv xulq-atvor terapiyasi, geshtalt-terapiya, psixodramma, art-terapiya, musiqa terapiyasi, raqs terapiyasidan foydalanganlari samaralidir.
Amaliy psixologik ish olib borishda aniq metodni tanlash quyidagilarga bogʻliq:

  • bolaning yoshiga;

  • konsultatsiya bosqichlari, yaʼni ayni damda nima boʻyicha ish olib borayotganligiga: hayollar, emotsiyalar va xulq-atvor;

  • bolaning kognitiv rivojlanish darajasiga.

Konsultatsiyani oʻyinli yoki formal boʻlmagan xona sharoitida oʻtkazish lozim. Bu zoʻriqishni bartaraf etilishiga, himoyalanganlik hissini kuchayishiga va vaziyatni nazorat qilishga olib keladi. Agar bolalar oʻzi va kattalar orasidagi masofani nazorat qila olsalar konsultasiya jarayoni muvaffaqiyatliroq kechadi.
Konsultant bola uchun namuna boʻlishi kerak: kechka qolmaslik, uchrashuvlar kunini koʻchirmaslik kabilar. Chunki bular bola nazarida qiziqish yoʻqligi sifatida interpretatsiyalanadi va xavotirlanish, asabiylashishni uygʻotadi. Konsultant tashqi hayol va tashvishlardan ozod boʻlishi kerak. Zoʻrlik qurboni boʻlgan bola begona inson bilan uchrashganda qoʻrquvni boshdan oʻtkazishi tabiiy hol albatta.
Odatda bolada psixolog bilan uchrashuv motivlari boʻlmaydi. Jarohat olganiga qaramay bola ijobiy hayollarni boshdan oʻtkazishga intiladi, salbiylardan esa qochadi, shuning uchun mutaxassis xuzuriga borishdan oʻzini olib qochishga intiladi.
Jinsiy zoʻrlikni boshdan kechirganlar emotsional va jismoniy zoʻrlikni boshdan oʻtkazganlarga nisbatan qiyinroq mijozlar hisoblanadilar. Ular atrofdagilarga ishonmaslikka oʻrganganlar, sababi ular oʻz sevgan insonlari tomonidan qattiq azoblanganlar. Shuning uchun mutaxassis birinchi navbatda bola bilan ishonchli munosabatni oʻrnatishi lozim.
Bolalar ham kattalar kabi konsultatsiya jarayoni davomida qarshilik koʻrsatadilar: gapirishdan bosh tortadilar, zoʻrlik muammosi mavjudligini inkor qiladilar, ogʻriqli mavzuda gapirishni istamaydilar, yoʻq narsalar haqida gapiradilar, koʻz qarashlaridan qochadilar, konsultant uchrashuvlariga kechga qolib keladilar yoki ularni muntazam qoldiradilar, suhbat davomida noverbal yopiq pozani egallaydilar va dushmanona gaplashadilar, psixolog bilan kontakt oʻtmaydilar (mebel orqasiga berkinib oladilar).
Konsultatsiya uchun umumiy tavsiyalar:

  1. Muammoni faol tinglash vositasida aniqlash;

  2. Bolaning kutishlarini aniqlashtirish;

  3. Muammoni yechish uchun tashlangan qadamlarni aniqlash;

  4. Muammoni yechishning yangi yoʻllarini qidirish;

  5. Echimlarning birini amalda qoʻllashga kelishish;

  6. Yakunlash (qanday oʻzgarishlar yuz berganini, kelajak rejalarni aniqlash)

Bolaga yordam berishda bolaning aytgan gaplarini emas, balki ularni aytayotganda nimani his qilganini aniqlash lozim. Bolaga yordam berish jarayonida koʻp psixologlar haddan tashqari toʻgʻri va ochiq savollar bilan murojaat qiladilar. Natijada mijozda kontaktdan qochishga va yopilib olishga xohish uygʻonadi. Masalan, ochiq savol: "Oilang haqida gapirib ber". Agar zoʻravonlik oila aʼzolari tomonidan oʻtkazilagan boʻlsa bola bu savolga javobdan qochishga intiladi.


  1. Yüklə 41,92 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin