3-mavzu. Zoʻrlikni boshidan oʻtqazgan bolalarga psixologik yordam tamoyillari Reja


BOSQICH Modul: "Boʻlib oʻtgan voqeani bir-birimizga gapirib beramiz"



Yüklə 41,92 Kb.
səhifə5/6
tarix10.06.2022
ölçüsü41,92 Kb.
#116832
1   2   3   4   5   6
3-mavzu. Zo rlikni boshidan o tqazgan bolalarga psixologik yorda

BOSQICH




  1. Modul: "Boʻlib oʻtgan voqeani bir-birimizga gapirib beramiz"

Terapiyaning birinchi bosqichida bolalar boshqalarning hissiyotlarini koʻrish va ularni ifoda etishni oʻrganib oldilar. Endi ular boshlaridan kechirgan jinsiy zoʻrlik bilan ishlashga tayyor. Bu bosqichda bolalarga boshdan kechirganlarini gapirib berish, oʻz hissiyotlari bilan oʻrtoqlashish hamda tushunish va qoʻllab- quvvatlanish imkonini beradi.
Modulning asosiy vazifalari:

  1. Ijobiy psixologik muhitda bolaga boshdan kechirgan hislari bilan oʻrtoqlashish imkonini yaratish. Hissiyotlarni verbal yoʻl bilan ifodalash ularning keyinchalik xulqda aks etmasligini taʼminlaydi;

  2. Bolalarga zoʻravonga nisbatan his qilayotgan emotsiyalarini tushunishlariga yordam berish;

  3. Bolalar uchun oʻzlarinikiga oʻxshash voqeani boshidan kechirgan va oʻzlarinikiga oʻxshash hislarni his etganlarga zoʻrlik haqida gapirib berish imkonini yaratish. Bu yolgʻizlik va uyat hissidan halos boʻlishga koʻmak beradi;

  4. Koʻpincha anglanmagan holatda boʻladigan aybdorlik va boʻlgan ish uchun maʼsuliyat hislarini analiz qilishda bolaga yordam berish.

  1. Modul: "Sirligicha"

Bu vaqtga kelib jamoa aʼzolari boʻlib oʻtan ishlarni boshqalar bilan oʻrtoqlashdilar, oʻz hissiyotlari bilan ishladilar. Endi ular jinsiy zoʻrlikni sir saqlash jarayonida vujudga kegan hislarni yanada chiqurroq tahlil qilishga tayyorlar.
Modulning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. Atrofdagilarning salbiy munosabatiga qaramasdan bolaning boʻlgan ishlarni oshkor qilish qarorini qoʻllab -quvvatlash. Shu yoʻl bilan kelajakda shunga oʻxshash "oilaviy sirlar"ning vujudga kelishini oldini olish;

  2. Aybdorlik, ojizlik va boʻlgan ish uchun maʼsuliyat hisslari bilan ishlash.

  1. Modul: "Mening oilam"

Bolalar tez-tez aytishganidan shubhalanishadi. Ayrim xollarda shundan keyin bolalarda yomon hissiyotlar kechadi. Bolalik va ota — onalik munosabatlari oʻzgaradi.
Bu modulning asosiy vazifasi quyidagidan iborat.

  1. Bolada oilaga maʼsuliyat hissini oshirish;

  2. Oiladagi oʻzgarishga bolani moslashuviga yordam berish;

  3. Bolalar ota — onasidan biror nima soʻrashini oddiy holatga keltirish.

III. BOSQICH





  1. Modul: "Oʻzing haqingda qaygʻur"

Jinsiy zoʻrlanishni boshdan kechirgan bola har doim uyat va yordamga muxtojlik hissini boshidan kechiradi. Ularda oʻz — oʻziga baho noadekvat darajaga tushib ketadi, ularning fikricha endi ular hech narsaga qodir emasdirlar. Bu vaqtda bolalarga eʼtibor berish lozim. Bolalarda shu vaqtdan boshlab ijobiy his — tuygʻularni qabul qilishga oʻrgatish lozimdir.
Bu modulning asosiy vazifalari quyidagilardan iboratdir:

  1. Bolalarni oʻz kuchlariga ishonishga oʻrgatish va qobiliyatlari mavjud ekanligini uqtirish;

  2. Xatarli vaziyatlarda bolalarni toʻgʻri yoʻl tutishga oʻrgatish;

  3. Boshqa odamlar huquqlarini va shaxsiy muhitini hurmat qilishga oʻrgatish;

  4. Bolalarga oʻzlarining soʻzlarida turishga va "Yoʻq" deyishga oʻrgatish;

  5. Bolalarning har biriga diqqat markazda boʻlishini oʻrgatish, shu qatorda oʻzlarini injiqliklari nimaga olib kelishni tushuntirish;

  6. Bolalarni oʻzlari haqida qaygʻurishlariga va oʻzini qurbon qilish kerak emasligiga oʻrgatish;

  7. Bolalarda muloqot koʻnikmasini shakllantirish, oʻzaro munosabat aloqasini oʻrnatish, bir-biri haqida qaygʻurishga oʻrgatish;

  8. Bolalarni boshqalarga nisbatan qanday munosabat qilishlari mumkinligi va mumkin emasligiga oʻrgatish.

  1. Modul: "Qizlar katta boʻlishmoqda"

Yosh qizchalik davridan qizlik davriga oʻtishda qizlardagi jismoniy, fiziologik, tashqi koʻrinishdagi oʻzgarishlar va zoʻrlanishni boshdan kechirganliklari ularni oʻylanishga majbur qiladi. Qizlar kattalardagi oʻzgarishlar va shu kabilarni bilishi lozim:

  1. Bolalarda seks haqidagi barcha savollariga javob berish;

  2. Jinsiy rivojlanish va reproduktivlik haqida toʻliq va ishonchli maʼumotlar berish;

  3. Jinsiy zoʻrlanish haqida bolalarda tushunchalarni paydo qilish.

  1. Modul: "Oʻgʻil bolalar katta boʻlishmoqda"

Oʻgʻil bolalarda oʻtish davrida oʻzgarishlar boʻladi. Bolalarda jinsiy zoʻrlikni kechirish juda ogʻir kechadi, chunki ularni aybdorlik, kuchsizlik hissi qamrab oladi.
Bu modulning asosiy vazifalari quyidagilardan iboratdir:

  1. Ularga jinsiy zoʻrlanish va gomoseksuallikni farqlarini tushuntirib bering;

  2. Bu holatdagi aybdorlik va yordamga muxtojlik hissini kamaytiring;

  3. Jinsiy rivojlanish haqida toʻliq maʼlumot bering;

  4. Jinsiy zoʻrlanish haqida bolalarda tushunchalar paydo qilish;

  5. Ularga erkaklik kuchi va shu kabi tushunchalarni ochib berish.

  1. Modul: "Guruh bilan xayrlashish"

Guruh mashgʻulotlarini yakunlanayotgani ishtirokchilarda ikkilanishlik hissiyotini vujudga keltiradi. Bir tarafdan ularda yengillanish hissiyoti yaʼni "yangi hayot" boshlash imkoniyatini, boshqa tarafdan ularda bir — birlari bilan ajralayotganlaridan xafalik hissiyotini paydo qiladi. Bu terapiyada bolalar bir — birlariga bogʻlanib qolgan boʻladilar.
Bu modulning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. Ularda saqlanib qolgan negativ hissiyotlarni yoʻq qilish.

  2. Guruhni xayrlashishga tayyorlash maqsadida yaxshi hissiyotlarga undovchi oʻyinlar tashkil qilish.

  3. Oʻtgan mashgʻulotlarni yodga olish va turli xil asosiy oʻyinlarga urgʻu berish;

Uzoq terapevtik ishni ularga uy vazifasi qilib berish.


Yüklə 41,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin