3-Моdul. Kreditning umumiy asoslari 37- mavzu. Pulning paydo bo‘ — копия
40.6. Pul muomalasi qonunlarining buzilishi hamda uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari. Iqtisodiyotda faoliyat yuritadigan, faqat hukumatning ehtiyojlari bilan bog‘liq bo‘lgan va iqtisodiyotning ehtiyojlaridan mustaqil pul mablag‘lari miqdoridagi o‘zgarishlar siyosiy omillar hisoblanadi.
Texnik omillar pul aylanishi tuzilishi va hajmiga faqat bilvosita ta’sir ko‘rsatadi, lekin shunga qaramasdan, ularni hisobga olish zarur. Bunday omillarga u yoki boshqa hisob-kitobni o‘tkazish uchun talab etiladigan vaqtni kamaytirish yoki hisob-kitobning o‘zini amalga oshirishga imkon beradigan hisob-kitoblarning texnik vositalari kiradi.
Masalan, bank plastik kartalariga xizmat ko‘rsatuvchi texnik vositalarning keng ommalashganligi aholi o‘rtasida ushbu to‘lov vositasining ommalashuviga va, binobarin, naqd pulsiz pul mablag‘larining qo‘llanilishining oshishiga olib keladi.
Naqd pulsiz pul mablag‘lari qo‘llanilishi chastotasining ko‘payishi pul muomalasining umumiy tarkibida naqd pullarning kamayishiga va davlatning pul aylanishini tartibga solish asosiy uslublarining o‘zgarishiga olib keladi.
Pul muomalasining tezligi pul aylanishining muhim tavsifnomasi hisoblanadi. Bu shu bilan bog‘liqki, muayyan vaqt davomida (masalan, yil davomida) har bir pul birligi aylanishining soni qanchalik ko‘p bo‘lsa, iqtisodiyotning normal faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘larining miqdori shunchalik kam bo‘ladi. Amalda pul massasi muomalasining tezligi daromad muomalasining tezligini ko‘rsatadi.
Oxirgi yillarda inflyasiya tez-tez uchrab turadigan jarayon bulib sifati xam uzgarib bormokda. Buning sababi shundaki, xozirgi kunlardagi inflyasiya: birinchidan, uzluksiz baxolarning oshishiga; ikkinchidan pul muomalasi konunining buzilishi natijasida umumxujalik mexanizmining ishdan chikishiga olib keladi. XX asr inflyasiyasining asosiy sababi tovar kamyobligigina bulib kolmasdan, ishlab chikarish va kayta ishlab chikarishda krizislar mavekudligi bilan ifodalanadof.
Xozirgi davr inflyasiyasi birinchidash; pul talabining tovar taklifidan oshishi natijasida pul muomalasi konunining buzilishi; ikkinchidan; - ishlab' chiqarishga ketadigan xarajatlar salmog‘ining usishi natijasida tovarlar baxosining oshishi va shu sababli pul massasining ortib borishi bilan ifodalanadi.
Inflyasiyaning asosiy sababi - bu xalk xujaligining turli soxalari o‘rtasida vujudga kelgan nomutanosiblikdir. Bu avvalam bor jamgarma va iste’mol urtasidasidagi, talab va taklif, davlatning daromaddari va xarajatlari urtasidagi muomaladagi pul massasi va xujaliklarning nakd pulga bo‘lgan talabi o‘rtasidagi nomutannosibliklardan iboratdir.