3. Negiz asos. So‘z yasalishi



Yüklə 29,98 Kb.
səhifə5/6
tarix10.03.2023
ölçüsü29,98 Kb.
#123919
1   2   3   4   5   6
7-маъруза (1)

Grammatik kategoriya
Bir-biriga qiyosan olinadigan ikki yoki undan ortiq grammatik ma’no bilan shu ma’noni ifodalovchi grammatik shakllar tizimi grammatik kategoriya deyiladi.
Grammatik kategoriya so‘zlarni, so‘z shakllarni, so‘z o‘rinlarini, so‘z qurilmalarini birlashtiradi, umumlashtiradi. SHunga ko‘ra grammatik kategoriyalarning to‘rt turi farqlanadi: 1) so‘zning grammatik kategoriyalar; 2) so‘z shakllarning grammatik kategoriyalari; 3) so‘z o‘rinlarining grammatik kategoriyalari; 4) so‘z qurilmalarining grammatik kategoriyalari.
So‘z va so‘z shakllarning grammatik kategoriyalari tizimi tilning morfologiyasini tashkil etsa, so‘z o‘rinlari va so‘z qurilmalarining grammatik kategoriyalari tizimi tilning sintaksisini tashkil etadi.
Demak, grammatik kategoriyalarni morfologik kategoriyalarga va sintaktik kategoriyalarga ajratish mumkin.
Morfologik grammatik kategoriyalarga, birinchidan, so‘z turkumlarining o‘zi, ya’ni ot, sifat, son, fe’l kabilar kirsa, ikkinchidan, ma’lum bir turkumga xos bo‘lgan kategoriyalar, ya’ni otlarga xos bo‘lgan son, egalik, kelishik kategoriyalari, fe’llarga xos bo‘lgan bo‘lishli-bo‘lishsizlik, nisbat, mayli, zamon, shaxs-son kategoriyalari kiradi.
Sintaktik grammatik kategoriyalar deyilganda, gap, gap bo‘laklari: ega, kesim, to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol kabilar nazarda tutiladi.
Ma’ruzaga tayyorlanish uchun adabiyotlar ro‘yxati:
1. H.Jamolxonov. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 2005, “Talqin” nashriyoti
2. M.Hamroyev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X. G‘ulomova, SH.Yo‘ldosheva. Ona tili. Toshkent, 2007-yil.
3. Z.Otamirzayeva, M.Yusupova. O‘zbek tili. 2004, O‘AJBNT» markazi.
4. R.Ikromova D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X. G‘ulomova. Hozirgi o‘zbek adabiy tilidan ma’ruza matnlari (Sintaksis). Toshkent, 2001-yil.
5. Sh.Rahmatullayev. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. 2006, “Universitet” nashriyoti
6. R.Ikromova, D.Muhamedova, M.Hamroyev. Ona tilidan mashqlar to‘plami Toshkent, 2009-yil
7. Q.Safayev, R.Yunusov. Hozirgi o‘zbek adabiy tilidan ma’ruza matnlari (Morfologiya). Toshkent, 2000-yil.
8. M.Asqarova. Hozirgi o‘zbek adabiy tilidan ma’ruza matnlari (Sintaksis). Toshkent, 2000-yil.
9. D.Muhammedova, D.Shodmonqulova, M.Maqsudova. Hozirgi o‘zbek adabiy tilidan ma’ruza matnlari (Kirish, fonetika, grafika va orfografiya, leksikologiya, frazeologiya, leksikagrafiya). Toshkent, 2001-yil.
10. R.Ikromova, D.Muhammedova, D.Shodmonqulova, M.Maqsudova, X. G‘ulomova. Hozirgi o‘zbek adabiy tilidan ma’ruza matnlari (Morfemika. So‘z yasalishi. Morfologiya). Toshkent, 2001-yil.
11. Rahimov S., Umurqulov B. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –Toshkent, ”Moliya”, 2003

Yüklə 29,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin