3. Negiz asos. So‘z yasalishi


MORFOLOGIYA Morfologiya (



Yüklə 29,98 Kb.
səhifə6/6
tarix10.03.2023
ölçüsü29,98 Kb.
#123919
1   2   3   4   5   6
7-маъруза (1)

MORFOLOGIYA
Morfologiya (morphe va logos – "shakl haqidagi fan") – grammatikaning so‘z turkumi, unga xos grammatik kategoriya va grammatik shakl, bu shaklni hosil qilish yo‘li va vositasini o‘rganuvchi tarkibiy qismi.
Morfologiyaning obyekti, asosan, so‘zning shakl yasalishi masalasi. So‘zning shakl yasovchi qo‘shimcha va nomustaqil so‘zni olishi shakl yasalishi, o‘zgarishi deyiladi. Mas., kitob, kitobning, kitobni, kitobga, kitobda, kitobdan, kitob uchun, kitob bilan so‘zlari kitob so‘zining kelishik qo‘shimchasi va ko‘makchi asosidagi o‘zgarishi.
Morfologiya grammatikaning tarkibiy qismi bо‘lib, uning vazifalari xilma-xildir. U avvalo sо‘zlarning tuzilishi va gapda о‘zgarishini о‘rganadi. Morfologiya sо‘zlarning muayyan turkumlarga aj­ratilishi bilan bog‘liq. Bu hodisa morfologik kategoriyalarni vujudga keltiradi. Shunga ko‘ra sо‘z turkumlari va ularning xususiyatlarini tekshirish morfologiyaning muhim vazifalaridan biridir. Birinchidan, sо‘zlar lug‘aviy ma’no bilan birgalik­da turli grammatik ma’nolarni bildiradi. Gram­matik ma’nolarni ifodalashga ko‘ra sо‘zlar har xil shakllarda ham bо‘ladi. Sо‘zlardagi bunday shakllarni ham morfologiya о‘rganadi. Masalan: dо‘stlarimiz sо‘zidagi dо‘st sо‘zining lug‘aviy ma’noli shakli, -lar kо‘plik ma’noli, -imiz egalik ma’noli shakllaridir.
Morfologiya atamasining morfe - «shakl», logos - «sо‘z» ekanligi ham uning sо‘z shakllari haqidagi ta’limot ekanligini kо‘rsatadi.
Xullas, til sathi sifatida morfologiya nisbatan qamrovdor bо‘lib, sо‘z shakllari, sо‘zlarning tuzili­shi va gapdagi о‘zgarishi, sо‘z turkumlari, ularning qonuniyatlarini о‘rganuvchi ta’limotdir.
Sо‘z shakllari. Sо‘z shakllari hodisasi tilshunoslikdagi о‘ziga xos hodisalardan biridir. Unda ma’lum sо‘zning lug‘aviy ma’nosini saqlagan holda turli shakllarda qо‘llanilishi tushuniladi. Masalan: kitob, kitobni, kitobdan, kitobimiz, kitobingiz.
Sо‘z shakllarining о‘zgarishi dastlab shu sо‘zning lug‘aviy ma’nosiga daxldor bо‘lib, uning qaysi turkumga mansubligini belgilaydi va shu turkumga xos vositalar asosida о‘z shaklini о‘zgartiradi. Masalan: daraxt, odam, gul sо‘zlari ot turkumiga xos, bu sо‘zlar о‘z shaklini otga xos bо‘lgan kelishik, egalik, kо‘plik qо‘shim-chalarini olgan holda о‘zgartiradi: daraxtning, daraxtim, daraxtlar, Sifat turkumiga xos sо‘zlar esa shu turkumga xos daraja hosil qiluvchi vositalarni qabul qilgan holda о‘z shaklini о‘zgartiradi. Masalan: qizil-qizg‘ish, qizilroq, juda qizil. Sо‘z shakllarining о‘zga-rishidagi bu holat belgilangan, turg‘un holat emas. Sо‘z shakllarini о‘zgarishi uchun asos bо‘ladigan qо‘shimchalar, sо‘zlarni muayyan turkumga taalluqli ekanligini belgilashda muhim bо‘lsada, boshqa turkumga xos qо‘shimchalarni, ayniqsa, otlardagi kelishik, egalik, ba’zan kо‘plik qо‘shimchalarini boshqa turkumdagi sо‘zlar olgan holda о‘z shaklini о‘zgartiradi. Masalan: kattaning, kattalar, mening, kо‘pning, kо‘plik va hokazo. Sо‘z shakllarini о‘zgarishi ikki holatni vujudga keltiradi. Birinchidan, sо‘z shakli о‘zgarganda, sо‘zdagi asosiy ma’noga qо‘shimcha ravishda grammatik ma’no ifodalaydi. Masalan: bolalar sо‘zidagi-lar qо‘shimchasi orkali ifodalangan ma’no kо‘plik ma’nosidir.
Ikkinchidan, sо‘z shaklining о‘zgarishi gapda sо‘zlarning о‘zaro birikishini, bog‘lanishini ta’minlaydi: ishdan kelmoq birikmasidagi -dan qо‘shimchasi sо‘zlarni biriktirish vazifasini bajargan.
Kо‘rinadiki, sо‘z shakllarining о‘zgarishi natijasida morfologik shakl va sintaktik shakl vujudga keladi. Morfologik shakl shakl yasovchi qо‘shimchalar yordamida, sintaktik shakl esa sо‘z о‘zgartiruvchi qо‘shimchalar orqali hosil bо‘ladi. Bundan tashqari tilda sо‘z yasalishi uchun xizmat qiiladigan sо‘z yasovchi qо‘о‘shimchala ham mavjud bо‘lib, ular bir butun holda sо‘zning morfologik tuzilishini belgilaydi.
MАVZUNI MUSTАHKАMLАSH UCHUN SАVОL VА TОPSHIRIQLАR:



  1. Grammatikaning tarkibiy qismlari haqida gapiring. Uning o’rganish obyekti nimalardan iborat.

  2. Grammatika va milliy mafkura mutanosibligi haqida fikr bildiring.

  3. An‘anaviy va zotiy yondashuvda grammatikaga qarash. Ularning farqli va o’xshash tomonlari.

  4. Morfologiya va sintaksis sathlarining bog’ligini misollar asosida ko’rsatib bering.

  5. Morfemika-morfonologiya fanining o’rganish obyekti haqida gapiring.

Yüklə 29,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin