3. Pedagogika kengashi ish rejasi. Umumta’lim maktablari Pedagogik kengashi faoliyatining huquqiy asoslari



Yüklə 26,73 Kb.
səhifə1/5
tarix16.03.2022
ölçüsü26,73 Kb.
#114868
  1   2   3   4   5
3.1 Pedagogika kengashi ish rejasi. Umumta’lim maktablari Pedagog


11.Mavzu.Pedagogik kengash, ularning mazmuni va uni tashkillashtirish metodikasi

Reja:

1.Umumta’lim maktablari Pedagogik kengashi faoliyatining huquqiy asoslari.

2.Umumta’lim maktablari Pedagogik kengashi faoliyatini amalga oshirish.

3.Pedagogika kengashi ish rejasi.
1.Umumta’lim maktablari Pedagogik kengashi faoliyatining huquqiy asoslari.

Barcha turdagi ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonini rivojlantirish, takomillashtirish, muassasa faoliyati bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalarni muvofiqlashtirish, pedagoglarning kasb mahorati va ijodkorligini o‘stirish maqsadida Pedagogika kengashi faoliyat ko‘rsatadi.

Umumta’lim maktablari Pedagogik kengashi faoliyatining huquqiy asoslari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy o’rta ta’limni tashkil etish bo’yich qaror va farmonlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi 140-son qarori, O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni, “Umumiy o‘rta ta’lim maktabi Pedagogika kengashi to‘g‘risida”gi nizomi va shu kabi boshqa hujjatlar belgilaydi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi 140-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida Nizomning “Umumiy qoidalar” dem nomlangan 1-bobining 3-moddasida.



-Umumta’lim muassasalari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, ushbu Nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek o‘z ustavlariga amal qiladi. deb ko’rsatilgan.

“Umumiy o‘rta ta’limni boshqarish” deb nomlangan8-bobining 65,66 moddasida;

-Umumta’lim muassasalarida pedagogik va metodik kengashlar tuziladi. Umumta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish, uning moddiy-texnik bazani mustahkamlash va faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish, ta’lim jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro hamkorligini kuchaytirish maqsadida vasiylik kengashlari tuzilishi mumkin. Pedagogik, metodik va vasiylik kengashlarining faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tartibga solinadi.

-Pedagogik kengash umumta’lim muassasasida o‘quv-tarbiya jarayonining tashkil etilishida oliy boshqaruv organi hisoblanadi. deb ko’rsatilgan.

Umumta’lim maktablari Pedagogik kengashi faoliyatining huquqiy asoslari Umumiy o‘rta ta’lim maktabi Pedagogika kengashi to‘g‘risidagi nizomda belgilab berilgan.

Umumiy o‘rta ta’lim maktabi Pedagogika kengashi to‘g‘risidagi Nizomi 5 bob 39 bo’limdan iborat bolib u Umumiy o‘rta ta’lim maktabi Pedagogika kengashi faoliyatini tartibga solidi.

1-bob. Umumiy qoidalar.

2-bob. Pedagogika kengashining asosiy vazifalari.

3-bob. Pedagogika kengashi faoliyatini tashkil etish va ish mazmuni.

4-bob. Pedagogika kengashi huquqlari.

5-bob. Kengash hujjatlari.


  1. Umumiy qoidalar/

Umumiy o‘rta talim muassasalarida o‘qo‘v-tarbiya jarayoshshi rivojlantirish, takomillashtirish, muaseasa faoliyati bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalarni muvofiqlashtirish, o‘qituvchilar va tarbiyachilarnnng kasb mahorati va ijodkorligini o‘stirish maqsadida pedagogik xodimlarni bnrlashtiruvchi Pedagogika kengashi faoliyat ko‘rsatadi. Pedagogika kengashi maktab jamoasining boshqaruv organi hisoblanadi.Maktab rahbariyati, o‘qituvchilar, ishlab chiqarish ustalari, kutubxonachi, qo‘shimcha ta’lim xodimlari (psixolog, etakchi, defektolog va boshqalar) Pedagogika kengashi a’zosn qisoblanadi.Pedagogika kengashi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, ta’lim boshqaruv organlari va ta’lim muassasasi tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar, Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi Ustavi hamda ushbu Nizomga amal qiladi.


Yüklə 26,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin