3. Pedagogika kengashi ish rejasi. Umumta’lim maktablari Pedagogik kengashi faoliyatining huquqiy asoslari


Pedagogika kengashi faoliyatini tashkil etish va ish mazmuni



Yüklə 26,73 Kb.
səhifə3/5
tarix16.03.2022
ölçüsü26,73 Kb.
#114868
1   2   3   4   5
3.1 Pedagogika kengashi ish rejasi. Umumta’lim maktablari Pedagog

Pedagogika kengashi faoliyatini tashkil etish va ish mazmuni

Maktab direktori pedagogika kengashining raisi hisoblanadi va uning faoliyatini boshqaradi. O‘quv yili davomida Pedagogika kengashi yig‘ilishlari o‘quv yili boshlanishidan avval va har chorak yakuni bo‘yicha o‘tkaziladi. Zarurat tug‘ilganda navbatdan tashqari yig‘ilish rais tomonidan chaqirilishi mumkin. Pedagogika kengashi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi kengash majlisida ishtirok etishi zarur. Kengashning navbatdan tashqari chaqirilgan yig‘ilishida esa kengash a’zolarining kamida uchdan bir qismi ishtirok etishi kerak.Pedagogika kengashi qarorini bajarish har bir maktab xodimi uchun majburiydir.Yig‘ilish qatnashchilarining kamida uchdan ikki qismi yoqlab ovoz bergan takdirda kengash qarori qabul qilingan hisoblanadi.Ovoz berish tartibi kengash yig‘ilishida ochiq ovoz berish yo‘li bilan belgilanadi.Pedagogika kengashini o‘tkazish vaqti, joyi va kun tartibi bir oy oldin e’lon qilinadi.Kengashda muhokama qilinadigan materiallarni muntazam hamda vaqtinchalik tashkil topgan guruhlar yoki maktab ma’muriyati tayinlagan pedagoglar tomonidan tayyorlanadi.Ta’lim mazmuniga oid masalalarni (dars jadvali, maxsus dasturlar, dars ishlanmalari va boshqalarni), o‘quv jarayoning shakl va metodlarini amalga oshirish yo‘llarini muhokama qiladi.Kengash o‘qitishning ilg‘or usullarini joriy etish bo‘yicha tajriba-sinov ishlarini olib borish, maktabning ilmiy-tadqiqot institutlari.ko‘ngilli jamiyat, ijodiy uyushmalar, boshqa davlat va nodavlat tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish yo‘naligalarini aniqlaydi.Ilg‘or o‘qituvchilar ish tajribalarini o‘rganiga, ommalashtirish, yosh o‘qituvchilarga metodik yordam uyushtirish ishlarini amalga oshirish yo‘llarini belgilaydi.




Yüklə 26,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin