3-sinf. Ona tili 1. Gapning bosh bo’laklari qaysi so’roqqa javob bo’ladi?
a) Kim? Nima? Nima qiladi? Nima qilyapti?
b) Qanday? Qanaqa?
d) Kimga? Nimaga?
2. … shabada esmoqda. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’ying.
a) sho’x
b) quvnoq
d) mayin
3. Gapning ikkinchi darajali bo’laklari qanday chiziq bilan belgilanishini ko’rsating?
a) bir chiziq
b) ikki chiziq
d) to’lqinli chiziq
4. “Men qish… ta’tilda Chimyonga boraman” gapidagi nuqtalar o’rniga qaysi qo’shimcha qo’yiladi?
a) – da
b) – gi
d) – ki
5. Qaysi so’z ko’plikda berilgan?
a) yulduz
b) tuproq
d) gullar
6. Quyidagi so’zlardan qaysi birida ot yasovchi qo’shimcha bor?
a) uchinchi
b) ovchi
d) shuncha
7. Bunyod… nuqtalar o’rniga qaysi qo’shimcha qo’yiladi?
a) - zor
b) - dosh
d) - kor
8. Narsalar belgisini bildirgan so’zlar … deyiladi?
a) ot
b) son
d) sifat
9. Quyidagilardan sifat so’z turkumiga kiruvchi qatorni belgilang?
a) go’zal, taxta, nordon
b) momiq, besh, bejirim
d) tiniq, sersuv, katta
10. Narsalarning harakatini bildirgan so’zlar … deyiladi?
a) ot
b) sifat
d) fe’l
11. Yoz faslida kechalari chigirtkalar chiril…di. Nuqtalar o’rniga qaysi qo’shimcha qo’yiladi?
a) la
b) lay
d) lama
12. Fe’l yasovchi qo’shimchalarni toping?
a) –ning, -ni
b) –la, -illa
d) – li, - chi
13. Qaysi so’zda ot yasovchi qo’shimcha bor ?
A. Qancha
B. Beshinchi
C. Ishchi .
14. Sifat deb nimaga aytiladi ?
A.Predmetni bildirgan so’z
B.Belgini bildirgan so’z
C.Sanoqni bildirgan so’z.
15. Gapning bosh bo’laklari qaysilar?
A. Ega
B. Kesim
C. Ega va kesim.
16. O’rganilgan so’z turkumlari nechta?
A.4 B.3 C.5
17. Sifatlar qaysi so’roqqa javob bo’ladi ?
A. Kim? Nima?
B.Nechta?Qaysi?
C. Qanday?Qanaqa?
18. Shaxs va narsaning harakatini bildirgan so’zlar ….deyiladi .
A. Ot
B. Sifat
C. Fe’l .
19. Fe’l qaysi so’roqqa javob bo’ladi ?
A. Kim?
B. Qancha ?
C. Nima qildi?
20. So`zlarni bog`lovchi qo’shimchalarni toping.
A. –ning , -ni, -ga, -da, -dan.
B. –lar , -illa
C. –li , -zor , -chi .
O’qish.
1. Respublikamiz mustaqilligi qachon e'lon qilindi?
a) 1991-yil 31-avgust
b) 1991-yil 1-sentabr
d) 1992 -yil 18 noyabr
2. Maqolni davom ettiring "Ota-onang - ..."
a) shuhrating
b) davlating
d) boyliging
3. Topishmoqning to'g'ri javobini toping "Tupida yakka hosil, Sochi sariq selkillar"
a) sabzi
b) makkajo‘xori
d) bodring
4.Dunyoda eng kerakli, zo'r va hamma narsadan boxabar qiluvchi nima ekan?
oynai jahon
qilich
d) kitob
5. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan?
a)1991 -yil, 10-dekabr
b) 1991 -yil, 18-noyabr
d) 1992-yil,8-dekabr
6. 9-may qanday kun deb olindi.
Mustaqillik kuni
Xotira va qadrlash kuni
Bolalarni himoya qilish kuni
7. “Anbe va Ranbe ertagi” qaysi xalq ertagi?
A. Hind xalq ertagi
B. Xitoy xalq ertagi
C. Laos xalq ertagi
8.Opa-singil daryolar ertagi kimlar haqida?
A. Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon
B. Qashqadaryo, Sirdaryo, Zarafshon
C. Surxondaryo Qashqadaryo, Amudaryo
9. Hosil bayrami qachon nishonlanadi?
A. 25-26-sentabr
B.25-26-oktabr
C. 20-21-sentabr
10.Xazonchinnak nima?
A. Kuzda yig`ib olinadigan hosil qoldig`i
B. Yozda yig`ib olinadigan hosil qoldig`i
C. Hosilni yig`ib olish
11. Oq tumshuqning jasorati hikoyasida etikning ichida nima bor edi?
A. Hech nima yo`q
B. Suv bor.
C.Ilon bor
12. Qizcha va qarg`a hikoyasida qizcha qarg`alarga qanday yordam berdi?
A. Qizcha qargani qutqardi
B. Qizcha qargalarga don berdi
C. Qizcha qargalarga yong`oq chaqib berdi.
13. Ona yurting - … … maqolni davomini toping.
A. vataning
B. oltin beshiging
C. obod yurting
14. Topishmoqning javobini toping:
Yashil po`sti bor,
Qizil go`shti bor.
Uyda, bozorda
Yaqin do`sti bor.
A. tarvuz
B. qovun
C. olma
15. “Soy suvi haqida ertak”da nima uchun soy suvi qurib qoldi?
A. Dehqon daraxtlarni kesib tashlagani uchun
B. Dehqon daraxt ko`chatlarini ekkani uchun
C. yomg`ir yog`magani uchun