Maqsad: a) Harf va harf birikmasini farqlashni,harf birikmasini hosil qilgan shakllar bir-biridan ajratilmasligini,bir tovush sifatida talaffuz qilinishini o’rgatish.
b) O’quvchilarni mehr-oqibatli bo’lish,mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash.
v) O’quvchilarning chiroyli yozuv malakalarini shakllantirish matn yaratishga o’rgatish,so’zlarni grafik va imloviy to’g’ri yozish malakasini shakllantirish.
Dars turi:Yangi tushuncha
Dars metodi:interfaol,”Aytganimni top”.”Ortiqchasini top”,”Klaster”,”Noto’g’ri jumla”,”Kim chaqqon”
Dars jihozi:ko’rgazmali va didaktik materiallar.
Darsning borishi:Tashkiliy.
Bizning sinfga kirgan,
Bolalar qadrin bilgan,
Qadrli mehmonlarga,
Salom-assalom!
Tilim-tilim,ona tilim
Tillar ichra sara tilim.
Shirin-shakar a’lo tilim
Ona tili,jonu dilim.
-Qani obod yurtning farzandlari,
Jigarbandi,dilbandlari.
Bugun hamma sog’lommi,
Yangi darsga tayyormi?
-Sog’lom bola yilida,
Aslo kasal bo’lmaymiz.
O’rgatganlaringiz uqib,
Doim yodda saqlaymiz.
-Rahmat mening dono o’quvchilarim,
Ko’zimning nuri-yu,quvonchlarim.
Ayting,ushbu kunda kim navbatchi bo’libdi?
Bu kunning hisobin,menga aytib bermoqchi?
Navbatchi: Sinfda men navbatchi,
Atrofga bir qarangchi.