320+250 ko’rinishidagi ifodalar mavzusi bo’yicha kengaytirilgan bir soatlik ochiq dars ishlanma.
Daftarlar almashtiriladi, uyga berilgan vazifa tekshiriladi.
O’quvchi: Javob: 1. 10*7=70*1=70
Sonlar ko’rgazmasi asosida savol- javob olib boriladi.
Berilgan sonlarni xona birliklarida ayting.
567, 787, 897, 605, 706, 320.
Ifodani o’g’zaki toping.
150+80 570+40 360+70 660-70 240-60 790+30 430-50 820-40
2. O’tilgan mavzuni mustahkamlash.
O’tilgan mavzular yuzasidan savollar berilib, o’quvchilar bilimlari tekshiriladi.
1) Berilgan sondan 10 marta katta son qanday hosil qilinadi?
2) Berilgan sondan 100marta katta son qanday hosil qilinadi?
3) Agar kamayuvchidan ayirma ayrilsa, nima hosil bo’ladi?
4) Agar ayriluvchiga ayirma qo’shilsa-chi?
5) Agar Bo’linuvchi bo’linmaga bo’linsa, nima hosil bo’ladi?
6) Ko’paytuvchilardan biri 0ga teng bo’lsa, ko’paytma nimaga teng bo’ladi?
7) Ko’paytmani qo’shishdan foydalanib qanday hisoblash mumkin?
Qo’shish va ayirishda nollar bilan tugaydigan yuzliklar va o’nliklarni nima qilish mukin?
J: O’nliklar va birliklar ustidagi amallar bilan almashtirish mumkin.
Qavsli ifodalarda amallar tartibi qanday bajariladi?
3. Yangi mavzu bayoni.
Yangi mavzuni 465-misol orqali doskada yozib , atroflicha tushuntiraman.
So’ng 466-masala bajariladi.
Yechish: 320+270=(300+200)+(20+70)=500+90=590(km)
Javob: 590 km yo’l yurgan.
Jismoniy daqiqa o’tkaziladi.
One, one, one, little dogs run,
Two, two, two, cats see you,
Three, three, three, squirrel’s on the tree,
Four, four, four, toy’s on the flour,
Five, five, five, plane’s in the sky,
Six, six, six, two short sticks,
Seven, seven, seven, here is a raven,
Eight, eight, eight, an apple’s on the plate,
Nine, nine, nine, the chicken is fine,
Ten, ten, ten, catch me, if you can.
4. Mustahkamlash va umumlashtirish.
So’ng 467-misolni navbat bilan chiqib o’quvchilar doskada bajaradilar.
150+130=(100+100)+(50+30)=200+80=280
240+120=(200+100)+(40+20)=300+60=360
360+210=(300+200)+(60+10)=500+70=570
430+380=(400+300)+(30+80)=700+110=(700+100)+10=800+10=810
Yashiringan so’zni top.
O’quvchilar bu o’yin orqali yashringan “She’r” so’zini topadilar. So’ngra har bir qatordan bittadan vakil chiqib she’riy masala aytadi. Boshqa qatordagilar javobini aytadilar.
Misol bajarilgandan keyin 468-masala og’zaki bajariladi.
4. O’quvchilarni baholash.
5. Uyga vazifa: 469-470-misol va masala.