4-modda. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi sohasidagi asosiy prinsiplar O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi hududining yaxlitligi va bo‘linmasligi;
qonuniylik;
ma’muriy-hududiy birliklardagi davlat boshqaruvining samaradorligi;
ma’muriy-hududiy birliklarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirilishi.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishining tarkibiy qismlari O‘zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullardan, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasidan iborat.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardan iborat.
Viloyatlar tumanlardan, shuningdek viloyat va tuman bo‘ysunuvidagi shaharlardan, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardan iborat. Viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar doirasida ham tumanlar tashkil qilinishi mumkin.
Viloyatlarning ma’muriy-hududiy chegaralari doirasida respublika bo‘ysunuvidagi shaharlar bo‘lishi mumkin.
Toshkent shahri tumanlardan iborat.
3-mavzu: Qonun ustivorligi va qonuniylikni ta’minlash masalalari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy prinsiplari nimalardan iborat?
BIRINChI BO‘LIM. ASOSIY PRINSIPLAR I bob. Davlat suvereniteti 1-modda. O‘zbekiston — boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat.
Davlatning “O‘zbekiston Respublikasi” va “O‘zbekiston” degan nomlari bir ma’noni anglatadi.
2-modda. Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi o‘zining milliy-davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, davlat hokimiyati organlarining tizimini belgilaydi, ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi.
O‘zbekistonning davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo‘linmasdir.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risida”gi Qonuni. 4-modda. O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni. O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari — bayrog‘i, gerbi va madhiyasiga ega.
Davlat ramzlari davlat himoyasidadir.
LexUZ sharhi Qarang: “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida” va “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi qonunlari.