Harbiy strategiya - harbiy sanʼatning eng oliy sohasi. Mamlakat va qurolli kuchlarni urushga tayyorlash nazariyasi va amaliyoti, urushni rejalashtirish va olib borish masalalarini oʻz ichiga oladi, urush qonuniyatlarini tadqiq qiladi, strategik operatsiyalarni tayyorlash va oʻtkazish usullari hamda shakllarini ishlab chiqadi, front, flot va armiyalarning maqsad va vazifalarini belgilab beradi, kuchlarni harbiy harakatlar maydonlari va strategik yoʻnalishlar boʻyicha taqsimlaydi. Harbiy strategiya davlat siyosati bilan uzviy bogʻliq boʻlib, harbiy doktrina talablaridan kelib chiqadi. Siyosat Harbiy strategiya oldiga vazifalar qoʻyadi. Harbiy strategiya esa ularning bajarilishini taʼminlaydi. Harbiy strategiya iqtisod bilan jamiyatning iqtisodiy tuzumi, ishlab chiqarish, fan va texnikaning taraqqiyot darajasi bilan bogʻ-liq. Harbiy strategiya qurolli kuchlar uchun yagona hisoblanib, tavsiyalarini bajarish uning barcha turlari uchun majburiydir. H.s, operativlik (tezkorlik) sanʼati va taktikaga nisbatan dasturiy rol oʻynaydi va ayni vaqtda ularning imkoniyatlarini hisobga oladi.
№25 topshiriq
IV. Quyida berilgan testlarni yeching. (Izoh:keltirilgan test savollarining har birisiga berilgan toʻgʻri javob uchun 2 balldan beriladi. 10 ballgacha baholanadi)
1.YUNESKO bu?
ta’lim, fan va madaniyat bilan shug’ullanuvchi xalqaro tashkilot
sport ishlari
davlat boshqaruvi
xalqaro aloqalar
2.Qaysi shaharda O‘zbekistonni YUNESKO ga a’zolikka qabul qilish marosimi bo‘ldi?
Parij
Xitoy
Toshkent
Berlin
3. 1993 yil 29 oktyabrda qaysi alomaning 600 yilligi nishonlandi?
Mirzo Ulug‘bek
Beruniy
Ibn Sino
Farobiy
4. 1994 yil oktyabrida qaysi shaharda Ulug’bek haftaligi tantana bilan o‘tdi?
Parij
Moskva
Samarqand
Xitoy
5. 1995 yil iyul oyida YUNESKO qaroriga binoan qaysi shaharda Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti tashkil etildi.?
Samarqand