3-
oqim naqshbandiya ta’limoti bilan bog‘liq. Bu oqim XIII asrning
oxirlarida Shakllana borib, XIV-XV asrlarda Markaziy Osiyoda keng rivojlangan.
Naqshbandiya tariqati tasavvuf
oqimlari ichida eng oxirgi, takomillashgan
tariqatdirkim uning asoschisi Xoja Baxouddin naqshbanddir. Naqshbandiya
tariqatining asosiy g‘oyalaridan biri, ma’lumki, «Dil ba yoru dast ba kor», ya’ni
har doim inson qanday dunyoviy ish bilan band bo‘lmasin, dilida Allohni yod etib,
zinhor uni utunmasligi kerak.
Naqshbandiya o‘zidan oldingi tariqatlardan bevosita hayotga yaqinligi bilan
ajralib turadi. U tasavvufdagi ilgari o‘ta
qattiq oqimni yumshatib,
mo‘‘tadillashtirdi. Bu tariqat kasbu kor kishilariga juda mos keladi. Chunki bunday
kishilar tirikchiligidan voz kechib, faqat tariqat bilan mashg‘ul bo‘lsalar, hech kim
ularga o‘z-o‘zidan bir burda non bermaydi.
Naqshbandiya tariqatining tarkidunchilik qilmay, dunyoviy ishlardan yuz
ugirmay turib ham Allohga etishish mumkinligini ko‘rsatib
berganligi Islom
olamida uning mavqeini oshirib jahon uzra keng tarqalishiga sabab bo‘ldi.
Bahouddin naqshband davrlaridan boshlab mavqei orta borgan bu tariqatning
Shuhrati jahonni tutdi. XV asrda yashab o‘tgan mashhur Shayxlardan biri – Xoja
Ubaydulloh Axror Valiy, tasavvuf adabiyotining yirik namoyandalari Abdurahmon
Jomiy va alisher Navoiy ham bevosita naqshbandiya tariqatining vakillari edilar.
Dostları ilə paylaş: