qilib kelmoqda. Shoirning yassaviy taxallusi bilan qoldirgan adabiy merosi asosan
to‘rtliklardan iborat.
Shuningdek, uning adabiy merosida ayrim g‘azal va
masnaviylar ham mavjud. Shoir ijodining g‘oyaviy yo‘nalishi tasavvufona bo‘lib,
kishilarni bu dunyoda pok, halol, beozor, etim-g‘ariblarga mehr-Shafqatli bo‘lib
yashashga da’vat qilishdan iborat. Bu yo‘lda insonlar o‘zlarini turli nojo‘ya
yo‘llarga boshlovchi nafsni jilovlashga chaqiradilar.
Ahmad yassaviy yusuf Hamadoniyga Shogird to‘Shadi va uning ta’limotini
rivojlantirib «yassaviya» tariqatini yaratadi. «yassaviya»
tariqatining barcha
aqidalari Ahmad yassaviyning asosiy asari bo‘lmish «Hikmat»da mufassal bayon
etilgan. «Hikmat»da o‘z
ql kuchi, peshona ter iva halol mehnati bilan kun
kechirish, Alloh taolo visoliga etishish yo‘lida insonni
botinan va zohiran har
tomonlama takomillashtirish kabi ilg‘or umuminsoniy qadriyatlar ifoda etilgan.
Mol-dunyoga, boylikka va davlat orttirishga mukkasidan ketgan,
xasis va ochofat
kishilarni yassaviy beayov tanqid qiladi.
Dostları ilə paylaş: