MUHOFOZA QILINADINGAN TABIIY HUDUDLARNING QONUN VA QONUN OSTI XUJJATLARDA O'Z AKSINI TOPISHI Reja:
1. Muhofoza qilinadigan tabiiy hudularning huquqiy holati 2. Muhofoza qilinadigan tabiiy hudularning qonunlarda aks etishi 3. Xulosa 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu Qonunning maqsadi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari Ushbu Qonunning asosiy vazifalari tipik, noyob, qimmatli tabiiy obyektlar va majmualarni, o‘simliklar va hayvonlarning irsiy fondini saqlab qolishdan, inson faoliyatining tabiatga salbiy ta’sir ko‘rsatishi oldini olishdan, tabiiy jarayonlarni o‘rganishdan, atrof tabiiy muhit monitoringini olib borishdan, ekologik ma’rifat va tarbiyani takomillashtirishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
3-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risidagi qonunchilik Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
4-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar Yerning va (yoki) suv kengliklarining (akvatoriyalarning) ustuvor ekologik, ilmiy, madaniy, estetik, rekreatsiya va sanitariya-sog‘lomlashtirish ahamiyatiga molik bo‘lgan, xo‘jalik maqsadidagi doimiy yoki vaqtincha foydalanishdan to‘liq yoki qisman chiqarilgan uchastkalari muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hisoblanadi.
Tabiiy obyektlar va majmualarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash maqsadida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda muhofaza qilish va foydalanish rejimi (bundan buyon matnda rejim deb yuritiladi) o‘rnatiladi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar biologik, landshaft rang-barangligini ta’minlash va ekologik muvozanatni saqlab turish uchun mo‘ljallangan yaxlit ekologik tizimni tashkil etadi.