302-guruh talabasi
Sulaymonova Dilafruz Sharof qizi
Savollar:
Oila psixologiyasi haqida ma’lumot bering
Oila psixologiyasi» fani bo’yicha insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida oila
muammolarini o’rganish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash masalalarinind
dolzarbligi, shaxsning shakllanishida oilaning o’rni , oila,sog’lom avlodni
tarbiyalash va kamol toptirish, O’zbekiston Respublikasida oila masalasini
qo’yilishi va hukumat tomonidan chiqarilgan O’zbekiston konstitutsiyasida oila,
Ta’lim to’g’risidagi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturidaoila masalasi, “Oila
“ ilmiy- amaliy Markazining yuzaga kelishi, maqsad va vazifalari,O’zbekistonda
“Oila kodeksi”ni qabulqilinishi , uning maqsad va vazifalari, 1998 yilning “Oila
yili”,1999 yilni “Ayollar yili “deb e’lon qilinishihamda Prezident asarlariva
ma’ruzalarida oila masalasiga e’tibor berilishi haqidagi ma’lumotlarni o’quvchi
yoshlarga o'rgatish maqsadida tuzilgan.
Oila psixologiyasi fanining vazifasi –oila psixologiyasiga doir eng muhim
bilimlarni berish va ular asosida tegishli malakalar ko’nikmalarni shakllantirib,
yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashdir. Oilanining shaxsni shakllanishidagi roli
haqida yoshlarga tasavvur berish, yoshlarga oilaviy hayotga kuzatiladigan
o’zgarishlar haqidagi ilmiy bilimlar bilan tanishtirish, yoshlarga oilaviy hayotda
bo’ladigan muammolar, qonuniyatlar haqida ilmiy tasavvur bilan tarbiyalash,
ularni bu jarayonlarga tayyorlash, yoshlarni oilaviy hayotda yuzaga keladigan,
muammolarga konstruktiv tus berishga, destruktiv yo’nalishlardan saqlanishga
o’rgatish, yoshlarni muammoli vaziyatlardan psixologik jihatdan oqilona chiqish
malakalarini o’rgatish, yoshlar o’zlarining turmush o’rtoqlarini to’g’ri tanlash
malakalarini shakllantirish, yoshlarni jinsiy hayotga ilmiy asosda tayyorlash,
yoshlarga oilaning mustahkamligini tahminlovchi bilim va malakalarini
shakllantirish, yoshlarni oilaviy muloqatga tayyorlash, yoshlarni oilani
rejalashtirishga o’rgatish kabi vazifalar o’quvchilarga berilishi ko’zda tutilgan.