306-guruh talabasi Ismoilova Sevinchning “Umumiy psixologiya va pedagogika” fanidan tayyorlagan “mustaqil ishi



Yüklə 113 Kb.
səhifə2/4
tarix03.02.2023
ölçüsü113 Kb.
#122943
1   2   3   4
mustaqil ish pedagogika

Pedagog psixologiyasi
Pedagogik faoliyat o‘z ichiga o‘qituvchining bola shaxsi va intellektual jihatdan rivojlanishiga yordam beruvchi ta’limiy va tarbiyaviy ta’sirini qamrab oladi.
Pedagogik faoliyat ham inson faoliyatining boshqa jabhalari kabi tavsiflanadi. Bu eng avvalo maqsadga yo‘nalganlik, motivlashganlik, predmetlilikdir. N.V. Kuzmina ta’rifiga ko‘ra, pedagogik faoliyatning muhim jihati – bu uning mahsuldorligi.
Pedagogik faoliyat mahsuldorligining 5 ta darajasi ajratib ko‘rsatiladi:

  1. – (minimal) reproduktiv: pedagog o‘zi bilgan narsalarni boshqalarga yetkazib bera oladi;

  2. – (quyi) moslashgan: pedagog o‘z fikrlarini auditoriyaga o‘ziga xos jihatlari bilan ma’lum qila oladi.

  3. – (o‘rta) lokal modellashtirilish: o‘qituvchi fanning ma’lum bir bo‘limi bo‘yicha bolalarda bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish strategiyasini egallaydi.

  4. – (yuqori) bolalar bilimini sistemali modellashtirish; o‘qituvchi bolalarda fan malakalarini shakllantirishning yo‘l-yo‘riqlarini biladi.

  5. – (eng yuqori) modellashtirilgan tizimli faoliyat va bolalar xulqatvori. Bunda pedagog o‘z fanini o‘rgatishdagi yo‘l-yo‘riqlarni shunday egallaydiki, natijada u bola ehtiyojlarida o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘ziga ta’lim berish, o‘z-o‘zini rivojlantirish vositasi sifatida xizmat qiladi.

Pedagogik faoliyat borasida so‘z yuritilganda yuqori mahsuldorlik tushunchasi asosiy o‘rinni ifodalaydi.
Pedagogik faoliyat boshqa faoliyat turlari kabi o‘z motivatsiyasi, maqsadi, predmeti, vositalari, usullari, mahsuli va natijasini aks ettiruvchi psixologik mazmunni ifodalaydi.
Pedagogik faoliyatning vositalari sifatida ilmiy (nazariy va empirik) bilimlarni ko‘rish mumkin. Yordamchi vositalarga esa texnik, kompyuter, grafik vositalarni kiritish mumkin.
Pedagog faoliyatidagi ijtimoiy-madaniy malakani yetkazish tushuntirish, ko‘rsatish (illyustratsiya), darslik mashqlarini tahsil oluvchilar bilan birga ishlash, tahsil oluvchini bevosita amaliyoti (laboratoriya, amaldagi) va treningdan iborat. Bolaning aksiologik, emotsional-mazmuniy, predmetli, baholash mezonlarini aks ettiruvchi individual malakasining shakllanganligi pedagogik faoliyatning mahsulidir. Pedagogik faoliyatning natijasi asosiy maqsaddan kelib chiqqan holda bolalarning shaxsiy, intellektual rivojlanishi, ularni o‘quv faoliyatining subyekti va shaxs sifatida shakllanishi hisoblanadi.
Pedagogik faoliyatning muhim tarkibiy qismlaridan biri bu motivatsiyadir. Pedagogik faoliyatda ham o‘quv faoliyatidagi kabi motivatsion soha ajratilib ko‘rsatiladi. Bu tashqi va ichki motivlardir. Tashqi motiv sifatida biror bir narsaga erishish istagini, ichki motiv sifatida esa o‘z faoliyatining jarayoni va natijasiga e’tibor berishni misol qilish mumkin.
Pedagogik faoliyat pedagogik vaziyatdagi turli -tuman xattiharakatlarning umumlashmasidan iborat: perseptiv, mnemik, kommunikativ, izlanuvchanlik, nazorat qilish, baholash va h.k. Ushbu turli-tuman faoliyatlarning jamlanmasi bir qancha psixologik-pedagogik funksiyalarni belgilab beradi.
P.F.Kapterev o‘qituvchi va tarbiyachiga xos bo‘lgan obyektiv va subyektiv xususiyatlarni ko‘rsatib o‘tadi. Umumiy ko‘rinishda u quyidagicha aks etadi:
O‘zaro munosabat doirasida, xususan, tarbiyachilik faoliyatining yo‘nalishi bo‘yicha tarbiyachi bilan bola o‘rtasidagi ta’sirlashuvning emotsional darajasini tadqiqot predmeti tarzida qo‘yilishi kam uchraydi.
LY.Kolominskiy o‘z tadqiqotida tarbiyachining bolalarga munosabati so‘zsiz muallim mehnati muvaffaqiyatlarida hal qiluvchi rol o‘ynashi hamda pedagogik mahoratning muhim tomoni bo‘lib, xisoblanishini ta’kidlagan edi. Uning fikricha, tarbiyachi bilan bolalarning o‘zaro munosabati ko‘p jihatdan aynan mana shu jarayon xarakteriga bog‘liqdir. Muallifning ko‘rsatishicha, o‘zaro munosabatni tarbiyachi shaxsining faolligi va jamoadagi ta’sirlashuv nuqtai- nazaridan o‘rganish ham mumkin.
Yuqoridagi fikrlarga tayangan holda pedagogning bolalarga nisbatan munosabatidagi emotsional qadriyatli yondashuvi uning munosabat uslubidagi motivatsion jihatlari, shuningdek, bir vaqtning o‘zida uning bolalarga bo‘lgan munosabati jarayonida xulqiga ta’sir ko‘rsatuvchi operatsional jihat bilan belgilanshini qayd etish mumkin.
Qator tadqiqotlarda tarbiyachi va bolalarning pedagogik muomaladagi turli xil jihatlarini baholash holati o‘rganilgan.
Professiogrammada muhim xislatlarning borgan sari birmuncha ortib borishini hisobga olgan holda tarbiyachining quyidagi xislatlarini ko‘rsatib berish lozim:
1) tarbiyachining shaxsiy xislatlari:

  • bolalarni yaxshi ko‘rish, ularni sevish;

  • aql-farosatlilik;

  • mehnatsevarlik;

  • jamoat ishlarida faollik;

  • kamtarinlik;

  • odamiylik, dilkashlik;

  • uddaburonlik;

  • o‘z bilimini oshirishga intilish;

2) Kasbiga xos bilimi:

  • ta’lim va tarbiya jarayoni mohiyati bilan uning maqsad va vazifalarini tushunishi;

  • psixologiya asoslarini, ayniqsa yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya asoslarini bilishi, etnopsixologik bilimlarni egallashi;

  • hozirgi zamon pedagogikasi asoslarini bilishi;

  • hozirgi zamon pedagogikasining metodologik asoslarini egallaganligi;

  • bog‘cha bolalarining psixologik-pedagogik xususiyatlarini tushunishi;

  • bolalarga tarbiyaviy ta’sir etishning samaradorligini bilishi;

  • ota-onalar va jamoatchilik bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning mazmunini bilishi;

3) O‘z kasbiga xos xislatlari:

  • tarbiyachining kuzatuvchanligi;

  • o‘z diqqat-e’tiborini taqsimlay olishi;

  • pedagogik fantaziya (hayol)ning rivojlanishi;

  • o‘ziga tanqidiy munosabatda bo‘lishi;

  • o‘zini qo‘lga ola bilishi, o‘zini tuta olishi;

  • pedagogik takt;

  • nutqning emotsional ifodalanishi;

4) Shaxsiy pedagogik uddaburonligi:

  • dars mashg‘ulotlari uchun zarur materiallarni tanlay bilishi;

  • bolalarning bilish faoliyatini boshqara olishi;

  • ta’lim va tarbiya jarayonida bolalarning bilimi o‘sishini istiqbolli ravishda rejalashtira olishi;

  • -pedagogik vazifalarni shakllantirish va tarbiyaviy ishlarni rejalashtira olish;

  • -bolalar jamoasiga rahbarlik qilishda o‘z faoliyatini rejalashtirishni bilishi;

  • o‘quv maqsadlarini rejalashtira olishi;

  • o‘zining ta’lim-tarbiya ishlariga tayyorlanish tizimini rejalashtira olishi;

5) Tashkilotchilik malakalari:

  • bolalar jamoasini uyushtira bilishi;

  • turli sharoitlarda bolalar jamoasini boshqara olishi;

  • bolalarni nimalar bilandir qiziqtirib, ularni faollashtira olishi;

  • amaliy masalalarni hal etishda o‘zining bilim va tajribalarini ustalik bilan tez qo‘llay olishi;

6) Kommunikativ malakalari:

  • -bolalarni o‘ziga jalb etishni bilishi;

  • -bolalar va ota-onalar bilan maqsadga muvofiq pedagogik munosabatlarni tiklashni bilishi;

  • bolalarning jamoalararo va jamoa ichidagi o‘zaro munosabatlarini tartibga solishni bilishi;

  • bolalar va ota-onalar bilan tashqaridan aloqa bog‘lashni bilishi;

7) Gnostik malakalari:

  • bolalarning asab psixik taraqqiyoti darajasini aniqlay bilishi;

  • -o‘zining tajribasi va pedagogik faoliyati natijalarini tanqidiy tahlil qila olishi;

  • boshqa tarbiyachilarning tajribalarni o‘rganib, undan (nazariy va amaliy tomondan) to‘g‘ri xulosa chiqara olishi;

  • psixologik-pedagogik adabiyotlardan foydalanishni bilishi;

-bolalarni to‘g‘ri tushunib, ularninig xulq-atvori sabablarini tushuntirishni bilishi;
8) Ijodiy xislatlari:
-pedagogik mahoratini takomillashtirishga intilishi;
-bolalarni tarbiyalash dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshira olish qobiliyati;
-o‘zini bola o‘rniga qo‘yib, bo‘lib o‘tgan hodisalarga uning nazari bilan qaray olishi;
-avvalgi voqealar, hodisalar va tarbiyalanuvchi shaxsiga yangicha qaray olish qobiliyati;
-o‘zining bolaga pedagogik ta’siri natijalarini oldindan ko‘ra bilishga intilishi.
Shunday qilib, ko‘rsatib o‘tilgan modelning asosiy tuzilishi tariqasida quyidagilar keltiriladi:
shaxsning jamoatchilik va kasbiy yo‘nalishi;
pedagogik mahorat va qobiliyati;
xarakterining psixologik xususiyatlari;
bilish faoliyati;
-o‘qituvchi shaxsining bolalarni kasbga tayyorlash ishlari darajasidagi umumiy taraqqiyoti.
Pedagogik faoliyat tezligi va muvaffaqiyati asosida N.V.Kuzmina o‘qituvchilarni uch guruhga bo‘ladi:
Kasbiy malakalarni tez o‘zlashtiradi, o‘z faoliyatida tezda muvaffaqiyatga erishadi, dars qoldirmaydi.
Kasbiy sifatlarni sekin o‘zlashtiradi, ba’zan dars qoldiradi, ammo pedagogik xususiyatlarni sekin-asta bo‘lsa-da o‘zlashtirib oladi.
Ko‘p yillik faoliyati davomida ham o‘qituvchilik maxorati, qobiliyatini egallamaydi.
N.V.Kuzmina pedagogik faoliyatga murakkab dinamik sistema sifatida qaraydi.

Yüklə 113 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin