MAVZU:XUFYONA IQTISODIYOT VA UNING SHAKLLANISHI REJA: 1. Xufyona iqtisodiyot mazmuni va vujudga kelish sabablari 2. Xufyona iqtisodiyotning amal qilishi asoslari va belgilari 3. Xufyona iqtisodiyot tarkibi va faoliyatining oqibatlari 4. Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurashning rivojlangan mamlakatlar tajribasi 5. O'zbekistonda xufyona iqtisodiyotga qarshi kurashning asosiy usullari
Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlashda xufyona iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurash chora-tadbirlari muhim o‘rin tutadi. Kriminal elementlarning ishlab chiqarish va moliyaviy muassasalarga, turli soha, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga kirib borishi oqibatida milliy boylik, davlat budjeti daromadlarini taqsimlash na qayta taqsimlash jarayonida ular ishtirokining kengayib borishi milliy va shu jumladan, iqtisodiy xavfsizlikka jiddiy xavf soladi. Xufyona iqtisodiyot, korrupsiya, uyushgan jinoyatchilik hamma mamlakatlarda va hamma davrlarda bo‘lgan. Iqtisodiy adabiyotlarda xufyona iqtisodiyotga turli xil ta‘riflar berilgan. 1. Xufyona iqtisodiyot —qonun asosida man qilingan faoliyat turlari. 2. Xufyona iqtisodiyot - iqtisodiy faoliyatning kuzatilmagan va yashirin faoliyat turi. 3. Xufyona iqtisodiyot rasmiy statistikada u yoki bu sabablarga ko‘ra hisobga olinmagan har qanday iqtisodiy faoliyat bo‘lib, unda ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar yalpi ichki mahsulot tarkibiga kiritilmaydi hamda soliqqa tortilishdan chetda qoladi.
«Xufiyona» iqtisodiyotning faoliyat ko‘rsatishida davlatning iqtisodiy xavfsizligiga imkoniyatdagi va aniq tahdid mavjud. «Xufiyona» iqtisodiyot aksariyat odatdagi, «normal» iqtisodiy jarayonlarning kechishiga – daromadning taqsimlanishi va shakllanishiga, xalqaro savdoga, investitsiya kiritish va umuman iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. «Xufiyona» iqtisodiyotning xususiyatlarini aniqlashda ushbu muammo tadqiqotchilarini turli ta’riflarni muomalaga kiritishga undovchi har xil omillar inobatga olinadi. Bunday mezonlarga quyidagilar kiritiladi: