322-guruh mustaqil ta’lim mavzu: xufyona iqtisodiyot va uning shakllanishi



Yüklə 86,91 Kb.
səhifə3/5
tarix09.12.2023
ölçüsü86,91 Kb.
#138493
1   2   3   4   5
Iqt-322 Boltaboyev Ilyos (2)

Shuningdek, nemis adabiyotlarida ham xufiyona iqtisodiyotga oid turlicha yondashuvlar mavjud. Ularning ayrim tariflarida xufiyona iqtisodiyot moliyaviy sirli bitimlar sifatida talqin etilsa, yana bir boshqa ta’rifda xufiyona iqtisodiyot jinoiy faoliyat sifatida qaraladi. Uchinchi bir yondashuvda xufiyona iqtisodiyot barcha subyektlarning soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashini qamrab oladi, deyiladi. To‘rtinchi hodisada xufiyona iqtisodiyot natijalari YAIMda inobatga olinadigan ham moliyaviy ope- ratsiyalar, ham iqtisodiy faoliyat tushuniladi. Nemis mutaxassislari xufiyona iqtisodiyotni YAIM tarkibiga kiritish tarafdori ekanligini qayd etish lozim.

Iqtisodiy faoliyatni xufyona amalga oshirish birinchi navbatda qonun doirasidagi harakat bilan ya‘ni, yuqori transaksiya xarajatlari bilan bog‘liq. Transaksiya xarajatlarining tasnifiga asoslangan holda, ta‘kidlash lozimki, bunda asosan shartnomani tuzishdagi yuqori xarajatlar, mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoyalash xarajatlari va uchinchi shaxslardan himoyalash xarajatlari nazarda tutiladi. De Soto ushbu xarajatlarni “qonunga bo‘ysunish narxi” deya ta‘riflaydi. U quyidagilarni o‘z ichiga oladi: - qonundan foydalanish xarajatlari (yuridik shaxsni ro‘yxatga olish, litsenziya olish, bankda hisobvaraqlar ochish, yuridik manzilga ega bo‘lish va boshqa rasmiyatchiliklarni bajarish xarajatlari); - qonun doirasida faoliyatni davom ettirish zarurati bilan bog‘liq xarajatlar (soliqlarni to‘lash; mehnat munosabatlari sohasida qonun talablarini bajarish (ish kunining uzunligi, eng kam ish haqi, ijtimoiy kafolatlar); oshkora sud tizimi doirasida nizolarni hal etishda sud xarajatlarini to‘lash).

Xufyona iqtisodiyotning amal qilishi asoslari va belgilari Xufyona iqtisodiyotining belgilari. Mamlakat yashirin iqtisodiyotining ko'lamini aks ettiruvchi asosiy ko'rsatkichlar quyidagilar: -Haqiqiy iste'mol darajasi va rasmiy daromad darajasi o'rtasidagi tafovut; -Mamlakatlarning markaziy banklarining uslubiy hisob-kitoblariga nisbatan pulga talabning yuqori baholanishi; -Elektr energiyasi iste'moli, ishlab chiqarish faoliyatida, xizmatlar sohasida ishlatiladigan boshqa zarur resurslar hajmidagi tafovut; -Aholini tanlab olingan kuzatuvlar va sotsiologik tadqiqotlar orqali belgilangan mehnat bandligining statistik ko'rsatkichlari va ularning o'lchamlari o'rtasidagi tafovut. Ko'rsatkichlarning sezilarli darajada og'ishi tadbirkorlar o'rtasida tuzilgan bitimlarning ahvolidan yashirishning katta qismini, real daromad darajasining yetarlicha baholanmaganligidan dalolat beradi.


Yüklə 86,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin