322-guruh mustaqil ta’lim mavzu: xufyona iqtisodiyot va uning shakllanishi



Yüklə 86,91 Kb.
səhifə4/5
tarix09.12.2023
ölçüsü86,91 Kb.
#138493
1   2   3   4   5
Iqt-322 Boltaboyev Ilyos (2)

Xufyona sektor bilan bog‘liq eng katta xavf bu bozor konstitutsiyasidan keskin farq qiluvchi xatti-harakatlar va bitimlar tuzishning alohida me’yorlarining shakllanishdir. Xufyona me’yorlarning asosida ularning amal qilishi hududiy jihatdan va / yoki shaxslarning ma’lum doirasi tomonidan chegaralangan ijtimoiy mexanizmlar yotadi - qonunga bo‘ysunish me’yorlarining mavjud emasligi, me’yorlarning amal qilishini ijtimoiy mansubligidan qat’i nazar, barcha iqtisodiy sub’ektlarga tarqatishga imkon bermaydi. Xufyona me’yorlarning yozilmagan va lokal xususiyati tufayli xufyona bitimlar tuzish uchun universal o‘yin qoidalarini ifodalab bo‘lmasa-da, xufyona iqtisodiyot «konstitutsiyasi»ning asosiy unsurlarini aniqlash mumkin. Misol tariqasida Italiya, Sitsiliya, Kalabriya va Kampaniyani olamiz: rivojlangan xufyona sektorga ega bo‘lgan ushbu mintaqa iqtisodchilar va sotsiologlar tomonidan yaxshi o‘rganilgan.

Navbatdagi me’yor – ishonch – an’anaviy xususiyatga ega, chunki u oila doirasida lokalizatsiyalashgan. Oila ichida ishonch bo‘lmasa, uning boshlig‘ining sha’ni tushunchasi o‘z kuchini yo‘qotadi. Shu nuqtai nazardan ishonch an’anaviy tarzda oila turmushining bazaviy tamoyillaridan birini aks ettiradi va uning tashqarisiga amal qilmaydi, demak, u bozor konstitutsiyasida ko‘zda tutilganidek, oqilona harakatning sharti bo‘lishi mumkin emas. Mafiyaning bazaviy tashkiliy birligi – sossa – 15-20 (ko‘pi bilan 70-80, kamida 7) kishidan iborat va oila-qarindoshchilik aloqalari asosida shakllanadigan guruhni o‘zida namoyon etadi. Sossa faoliyati doirasiga tushgan barcha shaxslar uning a’zolari bilan do‘stona munosabatlar yoki «patron-mijoz» munosabatlari orqali bog‘liq.

Xufyona iqtisodiyot tarkibi va faoliyatining oqibatlari Endi iqtisodiyotning xufyona sektori mavjud bo‘lishi bilan shartlangan umuman iqtisodiy tizim uchun oqibatlarni muhokama qilish zarur. Ijobiy oqibatlar jumlasiga, birinchidan, xufyona xo‘jalik faoliyatining barqarorlashtiruvchi rolini kiritish lozim. Ushbu barqarorlashtiruvchi rol ayniqsa buyruqbozlik iqtisodiyoti sharoitida yaqqol namoyon bo‘ladi. “Dastlabki iqtisodiyot” qondira olmaydigan talab xufyona iqtisodiy faoliyat sohasidagi mahsulot va xizmatlar uchun barcha narsalarni hazm qiluvchi bozorni barpo etadi. Biroq xufyona sektorning barqarorlashtiruvchi roli oshkora iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga o‘tishda ham saqlanib qoladi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda xufyona sektorning katta o‘lchamlari ishlab chiqarishdagi pasayishlar va jahon bozorlaridagi tangliklarni yumshatish imkonini beradi. Tangik davrlarida xufyona sektor mehnatga haq to‘lash darajasining pasayishi hisobidan bandlikni avvalgi darajada saqlab turishga qodir: xufyona korxona faoliyat ko‘rsatishining asosida ijtimoiy (oilaviy-qarindoshchilik, urug‘chilik, milliy) aloqalarni qayta tiklash yotadi. Bunday qayta tiklash mantiqiga muvofiq ishdan bo‘shatishga yo‘l qo‘yish – ijtimoiy aloqalarning buzilishi demakdir. Ushbu vaziyatning paradoksalligi shundan iboratki, neoklassik muvazanatga erishish o‘z parametrlariga ko‘ra neoklassik bozordan g‘oyat uzoqlashgan bozorga bog‘liq.


Yüklə 86,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin