Ikkinchidan, xufyona sektorning mavjud bo‘lishi oshkora bozorga kirish xarajatlari yuqori bo‘lganligi tufayli unga talab bo‘lmay qolgan tadbirkorlik salohiyatini amalga oshirish imkonini beradi. Fakt shundan iboratki, Peruda oshkora tizim xufyona va hatto oshkora tadbirkorlarning ham katta energiyasi va iqtidoridan hech qachon foydalanish imkonini bermagan. Masalan, Limada ko‘cha savdogarlari foydalanadigan sotuv strategiyalari yuqori xarajatlar asosida marketing va narxni shakllantirishning eng yaxshi namunalariga savdo korxonalarining siyosatiga qaraganda juda yaqin Shunga qaramay, iqtisodiyotning oshkora va xufyona sektorlarining parallel ravishda mavjud bo‘lishi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta‘sir ham ko‘rsatadi. Xufyona sektorda texnika bilan qayta jihozlashning foydasizligi tufayli texnik taraqqiyot to‘xtab qoladi va umuman mehnat unumdorligi pasayadi. Investitsiya manbalarining chegaralanligi (faqat u yoki bu ijtimoiy tuzilma ichidagi mavjud resurslar investitsiya qilinadi) va mazkur ijtimoiy tuzilmalarga nisbaan tashqi sarmoyadorlarning mavjud emasligi sababli investitsiyalarning hajmi ham kamayadi.
Xufiyona iqtisodiyot miqyosi va dinamikasini belgilovchi omillarning quyidagi guruhlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Antropologik omillar: insonning ziddiyatli tabiati, ezgulik va yovuzlikning doimiy kurashi, insonning kam kuch sarflab ko‘proq foyda olishga intilishi va sh.k. Iqtisodiy omillar: tadbirkorlik faoliyatining yuqori darajadagi transaksiyaviy xarajatlari («qonunga bo‘ysunish bahosi»), bozor xo‘jaligi doirasidagi raqobat, iqtisodiyotning turli sektorlarining notekis rivojla- nishi, inflatsiya, almashuv kurslarining keskin o‘zgarib turishi, soliqqa tortish tizimi vaboshqalar. Ijtimoiy omillar: jamiyatning ijtimoiy tabaqalashuvi, «xavf guruhla- ri»ning mavjudligi, mehnat qonunchiligining buzilishi, muhojir ishchilar, ayollar va o‘smirlar mehnatidan foydalanishda ijtimoiy adolat prinsiplari- ga rioya etilmasligi vah.k. Huquqiy omillar: tadbirkorlikning huquqiy asosi nomukammalligi, bozor xo‘jaligining o‘zgarib boruvchi shart-sharoitlari bilan mavjud qonunchilik bazasi o‘rtasida ziddiyat mavjudligi, uy xo‘jaligining tartibga solinmasligi va sh.k. Axloqiy omillar: qonunchilik hamda tadbirkorlikning axloqiy asoslari o‘rtasidagi ziddiyatlar, davlat va jamiyat, davlat va individ manfaatlari o‘rtasidagi ziddiyatlar; milliy an’analarning hisobga olinmasligi, diniy qoidalarning ta’siri va boshqalar. Siyosiy omillar: hokimiyat va yirik kapital o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, oligarxiyaning shakllanishi, hokimiyat kuchi hamda iqtisodiy faoliyatga ta’sir ko‘rsatishning kuchga asoslangan usullari o‘rtasidagi nisbat. Iqtisodiyotni rivojlantirishning obyektiv ehtiyojlari va davlat siyosati o‘rtasidagi ziddiyat va sh.k.