336. 0,7 kg konfet uchun 175 so`m to`landi. Shunday konfetning 0,8 kg i qancha turadi? 1062,5 so`mga necha kilogram konfet olish mumkin?
337. 1) Mototsiklchi o`zidan 27 kmuzoqlikda bo`lgan yuk mashinasini quvib ketyapti. Mototsiklning tezligi yuk mashinasinikidan 1,375 marta ortiq. Agar mototsiklchi avtomashinaga 1,8 soatdan keyin yetib olsa, uning tezligini toping.
2) Dilmurod qadamining uzunligi esa 0,6 m. Ular yurishni baravar boshlashdi. Har necha metrda ularning oyoq izlari ustma-ust tushadi? 1,32 km masofada ularning oyoq izlari necha marta ustma-ust tushadi?
13. O`RTA ARIFMETIK QIYMAT VA O`RTA VAZNLI QIYMAT
1. O`rta arifmetik qiymat. 1 – masala. Fermer birinchi kuni 6,6 ga, ikkinchi kuni 7,25 ga, uchunchi kuni esa 6,25 ga yerga ishlov bergan. U bir kunda o`rtacha qancha yerga ishlov bergan?
Yechish. Uch kunda ishlov berilgan yer sathini hisoblaymiz:
6,6 + 7,25 + 6,25 = 20,1 (ga).
Bir kunda o`rtacha qancha yerga ishlov berilganini toppish uchun bu yig`indini 3 ga bo`lish kerak, chunki fermer 3 kun ishlagan:
20,1 : 3 = 6,7 (ga).
Demak, fermer bir kunda o`rtacha 6,7 ga yerga ishlov bergan ekan. Masala yechishda 6,6 + 7,25 + 6,25 yig`indini qo`shiluvchilar soniga bo`ldik. Natijada fermer bir kunda o`rta hisobda qancha yerga ishlov berganini topdik.
Bir necha sonlar yig`indisini qo`shiluvchilar soniga bo`lish natijasi shu sonlarning o`rta arifmetik qiymati deyiladi.
Berilgan sonlarning o`rta arifmetik qiymatini (miqdorini) topish uchun ular yig`indisini qo`shiluvchilar soniga bo`lish kerak.
a, b, c sonlar berilgan bo`lsa, ularning o`rta arifmetigi
ga teng, chunki qo`shiluvchilar soni uchta, ta ’rifga ko`ra, a + b + c yig`indini 3 ga bo`lish kerak.
Masalan, 0,289; 0,32; 0,291; 0,3 sonlarining o`rta arifmetik qiymati topilsin.
Dastlab berilgan sonlar yig`indisini aniqlaymiz:
0,289 + 0,32 + 0,291 + 0,3 = 1,2.
So`ngra uni qo`shiluvchilar soniga bo`lamiz:
1,2 : 4 = 0,3.
Demak, berilgan sonlarning o`rta arifmetigi 0,3 ga teng bo`ladi.
Odatda, sonlarning o`rta arifmetik qiymatini, qisqacha ularning o`rta arifmetigi ham deyiladi.