4- amaliy mashg’ulot. Archali o’rmonlar bioxilma-xilligi. Dars maqsadi



Yüklə 20,75 Kb.
tarix31.12.2021
ölçüsü20,75 Kb.
#112115
6. Амалий машгулот.


4- amaliy mashg’ulot.

Archali o’rmonlar bioxilma-xilligi.

Dars maqsadi: Talabalarda tog’ yonbag’ri va archali o’rmonlar ekotizimlarini biologik xilma-xillik haqida bilimlarni shakllantirish

Archazor, archazor o‘rmonlar – asosan, archadaraxtidan tashkil topgan o‘rmonlar. A.lar 600 – 700 yil (ayrimlari 2000 yilgacha) yashaydi, tog‘larda suv to‘plash, tuproq eroziyasi oldini olish, sel toshqinlarini bartaraf etish kabi muhim vazifalarni bajaradi. Asosan Yer yuzining Shimoliy yarim sharidagi tog‘li hududlarda – O‘rta Amerika, Osiyo va Afrikadao‘sadi. O‘rta Osiyo, Qrim, Oltoy-Sayan, Uzoq Sharqdagi tog‘larda 700 ming ga maydonni egallaydi, uning 665 ming ga dan ko‘prog‘i (93,5%) Markaziy Osiyo davlatlarida joylashgan. O‘zbekiston davlat o‘rmon fondi hisobida 190 ming ga A. bor (1999). O‘zbekistonda asosan, Tyanshan, Turkiston, Chatqol, Hisor tog‘larida katta-katta A.lar mavjud. Ular si Irak va mahsuldorligi kam A.ga kiradi (qalinligi 0,3 – 0,5), ammo shunga qaramay juda katta tabiiy va iqgisodiy ahamiyatga ega. A. 800 – 3100 m balandlikda tog‘ yon bag‘irlarida joylashgan va uch mintaqaga bo‘linadi: tog‘larning pastki qismida (800–2000 m balandlikda) qora archa yoki Zarafshon archasi, o‘rta qismida (1400–2500 m) sovur archa, yuqori qismida (2500– 3100 m) o‘rik archa yoki Turkiston archasi o‘sadi. Tog‘larning eng yuqori qismidagi archalar siyrak, bo‘yi past, tanasi qiyshiq, ser-shox bo‘lib, ko‘pincha yer bag‘irlab o‘sadi. Eng yaxshi A. unumdor, sernam, tuproqli, yassi tog‘ yon bag‘irlarida uchraydi va ularning yillik fitomahsuldorligi 220 t/ga ni tashkil etadi. Ilgari A. muhofaza qilinmaganligi va ulardan qurilish materiali hamda o‘tin sifatida ayovsiz foydalanish natijasida A. maydonlari kamayib, archalari siyraklashib ketgan. 20-asrning 50-yillaridan boshlab O‘zbekistonda Alarni tabiiy ravishda qayta tiklash va ekma A.ni barpo qilish ishlari boshlandi va O‘rta Osiyo (hozirgi O‘zbekiston) O‘rmonchilik ilmiy tadqiqot institutida uning ilmiy asoslari ishlab chiqildi (U. N. Nig‘matov, Ye. V. Mixaylova, V. M. Saxatskiy, Yo. Yu. Musayev). O‘rmonchilik xo‘jaliklari A.ni qo‘riqlash, parvarishlash, tabiiy va sun’iy yo‘llar orqali ko‘paytirish ishlari bilan shug‘ullanadi (qarang O‘rmon xo‘jaligi)



Archali o’rmоnlar. Archali o’rmоnlar dеngiz sathidan 1400-3000 mеtr balandlikda o’sadi. Bu еrning tuprоqlari kulrang va qоra kulrangdir. Archazоrlar rеspublika tоg’ o’rmоnlarining asоsidir. 105 ming ga o’rmоn bilan qоplangan maydоnning 85,6 ming gеktarini archazоrlar egallagan. Ular Qоrjоntоg’, Ugam, Pskоm, Ko’ksuv, G’arbiy Tiyon-SHоnning CHоtqоl va Qurama tizmalari va Pоmir Оlоyning Turkistоn, Zarafshоn, Hisоr, Bоysun tizmalarining yon bag’irlarida uchraydi, Qo’hitоng va Bоbоtоg’da kichik butazоrlari o’sadi.

Uzbеkistоnning archali o’rmоnlari uch turdagi qоra archadan tashkil tоpgan. Pоmir-Оlоy tоg’ tizmasida tipchоq dashtlari bilan birgalikda o’simlik yaхshi namоyon bo’lgan dеngiz sathidan 1900-2300 mеtrdan 2800 (3000) mеtrgacha balandlikda Shimоliy Turkistоn qоyalarida archazоrlar kеng tarqalgan. Dеngiz sathidan 3200 (3500) mеtr balandlikda, tarqalishning yuqоri qismida, Turkistоn archasi qоplоvchi shaklga ega, 60-70 smdan baland bo’lmagan, tuzlishi jihatdan bahaybat yostiqni eslatadi va kriоfil o’simligi bilan almashinadi.

Archazоrlarda umurtqali hayvоnlarning maхsus kоmplеksi, qushlarning ba’zi хillari yashaydiki, ular Хitоy yoki Himоlоy faunasi vakillari hisоblanadi. Ularga: archa budanоsi, Himоlay vyurkasi, pushti chumchuq, archa chittagi, оq bo’yinli bulbul, Himоlоy pihuхuni kiritish mumkin, zag’izg’оn, katta qumri, mоyqutlar ham kam emas. Sutemizuvchilardan: archa dalasichqоni hоsdir, o’rmоn sichqоni, quyon, tulki, bo’ri, tоshsimоn suvsar, Tiyon-SHоn qo’ng’ir ayig’i, to’ng’iz, sudraluvchilardan: оlоy yalang ko’zi, CHеrnоv agamasi, Himоlay va Turkistоn agamalari va qalqоn tumshuqli ilоnlar uchraydi.

Kerakli jixoz va materiallar: O’zbekiston Respublikasining tabiiy kartasi, “O’zbekiston o’simliklar qoplami” kitobi, O’zbekiston Respublikasi flora va fauna aniqlagichi, rasm chizish uchun jihozlar.



Nazariy ma’lumot.

Арча ўрмонлари Ўзбекистонда 0,5 млн. гектардан кўпроқ бўлган. Ҳозир уларнинг кўпи кесилиб кетган ва шу кунда арча ўрмонларининг майдони 105 минг гектарни ташкил қилади холос. Ўзбекистондаги ёғоч заҳирасининг 30-35 % ини ташкил қилган арчадан халқ хўжалигида фойдаланганда уни муҳофаза қилиш чора-тадбирларини ҳам қўллаш зарур. Ҳозирги кунда катта арчазорлар Оҳангарон водийсида, Туркистон тизмасида, Қашқадарё ва Сурхондарё ҳавзаларининг юқори қисмида мавжуд. 1976 йилда Туркистон тоғ тизмасининг шимолий ёнбағирларида Жиззах халқ боғи ташкил этилган бўлиб, унинг майдони 56000 гектарга тенг. Халқ боғида арчазорлар муҳофаза қилинади.



Ishni bajarish tartibi.

Avvalo O’zbekiston tog’laridagi archali o’rmonlar haqida ma’lumot to’plang. Ularning relelfi, florasi va faunasi haqidagi ma’umotlarni “O’zbekiston tabiiy geografiyasi” nomli darslikda qidirib toping.



Topshiriq.

O’zbekiston tabiiy kartasidan tegishli tog’lardagi archali o’rmonlarni toping va o’zingiz aniqlagan hayvonot va o’simliklar vakillarini joylashtirib chiqing.



Adabiyotlar:

  1. I.Hasanov, P.G’ulomov. “O’zbekiston tabiiy geografiyasi”. Toshkent 2006-y.

  2. Sh.Tojiboyev. “o’simliklar geografiyasi”. Namangan 2015-y.

  3. Ш. Отабоев, М. Набиев. “Инсон ва биосфера”. Тoshkent 1994-y.

  4. A.Hamidov, M.Nabiyev, T.Odilov. “O’zbekiston o’simliklar aniqlagichi”. T.: O’qituvchi 1987-y.

  5. J.Laxanov. “O’zbekistonning umurtqali hayvonlar aniqlagichi”. Toshkent 2013-y.

Yüklə 20,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin