4- Amaliy mashg‘ulot: Mantiqiy elementlar asosida dasturlash..
Shifrator va dishifratorlar kodni qayta aylantirgich asboblar turkumiga kiradi.Shifratorlar ma’lumotni ikkilik kodga aylantiradi. Shifratorning kirishlaridan biriga signal tushganda chiqishda unga mos ravishda ikkilik kod shakllanadi.
N=2m (1)
Bu yerda N-shifratorning kirishlari soni, m-chiqishlar soni.
Dishifratorlar shifratorga teskari qayta aylantirishni amalga oshiradi.Shifrator kirishlarining soni chiqishlarining soniga bog’liqligi quyidagi formula bilan aniqlanadi.
M=2n (2)
Bu yerda M-shifratorning chiqishlari soni, n-kirishlari soni.
Ko’p sonli kirishlar yoki chiqishlar soniga ega bo’lgan shifrator yoki dishifrator qurishda kaskadli ulashdan foydalaniladi.
10 ta kirish 4 ta chiqishli shifratorning hamda 3 ta kirish 8 ta chiqishli dishifratorning shartli belgilanishi quyidagi rasmda berilgan.
4.1-rasm. Shifrator va deshifratorning shartli belgilanishi
Deshifratorlar va shifratorlar raqamli kodlarni ơzgartirish uchun xizmat qiladi.
Deshifrator n kirishga va 2n chiqishga ega bơlgan kombinatsion qurilma bơlib, kirishdagi har bir kod kombinasiyasiga mos ravishda chiqishlardan faqat bittasida «1» signali xosil bơladi.
Deshifratorlarning bir pog’onali yoki parallel` (eng tez turi), piramidal va kơp pog’onali turlari mavjud.
Shifrator – deshifratorga nisbatan teskari funksiyani bajarish uchun xizmat qiladi, yani xar bir aktiv kirishga shifrator chiqishida mos kod xosil qilinadi.
Shifratorning qơllanishiga misol sifatida klaviaturadagi ma`lumotlarni kiritish jarayonini olish mumkin. Har bir bosilgan klavisha uchun shifrator mos ikkilik kodi xosil qiladi.
ISH BO’YICHA AMALIY TOPSHIRIQ
1. Variantga ko’ra shifrator va dishifrator sxemasini sintezlang (1-jadval).
Sintezlangan sxemani Elektronics Workbench dasturida quring va uning shlashini tekshiring.
1-jadval
Dostları ilə paylaş: |