Leksikologiya -(yun. lexikos lug'atga, so'zga oid + logos ta 'limot)tilshunoslikning leksema, leksik (lug'aviy) ma’no, lug'aviybirliklarning ma’no tuzilishi, shakl va ma’no munosabatiga ko'raturiari, ularning hududiy va ijtimoiy qatlamlari, yangi so'zlarningpaydo bo'lishi kabi masalalami o'rganuvchi bo'limi. Demak,leksikologiya tilning lug'at tarkibini o'rganadi.
Leksikologiya sohasiga oid masalalar Sh. Rahmatullayev, E. Begmatov, M. Mirtojiyev, H. He’matov, R. Rasulovlar tomonidan tadqiq etilgan.
Leksikologiyaning, o'z navbatida, semasioiogiya, leksikografiya,etimologiya, frazeologiya, onomasiologiya, onomastika kabibo'limlari bor. Semasioiogiya(yun. semasia — ifodalash, logos - tushuncha, ta ’limot) leksikologiyaning til birliklarining, birinchi navbatda,lug'aviy birliklarning semantik tuzilishi va u bilan bog'liq masalalarni, jumladan, ma’no taraqqiyoti, bir ma’nolilik (monosemiya) va ko‘p ma’nolilik (polisemiya) hodisalarini o'rganuvchi bo'limi. O'zbek tili semasiologiyasi masalalari Miraziz Mirtojiyev tomonidan o'rganilgan.
Onomasiologiya leksikologiyaning lug'aviy birliklarning nomlash va tushuncha anglatish tamoyillari hamda qonuniyatlarinio'rganuvchi bo'limi.
Onomastika - tilshunoslikning tildagi har qanday (barchatipdagi) atoqli otlarni tadqiq qiluvchi sohasi.
Demak, onomasiologiya va onomastika bo'limlarini farqlash lozim. Onomasiologiyada narsa-buyumlar va hodisalarga nom berish jarayoni, onomastikada esa narsa-hodisalaming maxsusnomlari - atoqli otlar o'rganiladi.
Leksikografiya - lug'at va uning turlarini, lug'at tuzishning ilmiy-nazariy va amaliy jihatlarini o'rganuvchi bo'lim.
Etimologiya(yun. etimologia < etimon — haqiqat, so'zning haqiqiy ma’nosi + logos - tushuncha, ta’limot) - so 'z va morfemalarning kelib chiqishi va tarixini o'rganuvchi soha.
O'zbek tilshunosligida etimologiya sohasi rivojida Sh. Rahmatullayevning xizmatlari katta. Olim bir necha jildlik etimologik lug'atlar yaratdi.
Tilning hozirgi holati va tarixiy bosib o'tgan yo'li jihatidan leksikologiya tarixiy va zamonaviy leksikologiya deb ataluvchi alohida sohalarga ham bo'linadi.
Tilning lug'at boyligi tasnifiy va qiyosiy talqin etilishi mumkin. Ayrim olingan tilning lug'at boyligini har tomonlama o'rganuvchi soha tasnifiy leksikologiya, ikki yoki undan ortiq tillarning lug‘at boyligini qiyosiy tekshiradigan soha qiyosiy leksikologiya deb ataladi.
Tilning lug‘aviy (leksik) birligi leksemadir. Leksema so‘zning grammatik ma’no bildiruvchi qo'shimchalarsiz qismi; tilning lug'at tarkibiga xos birlik. Leksema anglatadigan ma’no, ma’lum tovushlar majmuinimuayyan obyektiv voqelikka bog'lash bilan kishi ongida yuzaga keladigan mazmun, ya’ni undan anglashiladigan narsa-buyum, voqeya-hodisa, belgi-xususiyat leksik ma’no(Iug‘aviy ma’no) deb ataladi. Masalan, suvdon so‘zi ≪qushlarga suv beriladigan idish≫, suvchi so'zi ≪ekinlarni, xususan g'o'zalarni sug'onivchi dehqon, sug'orish bo 'yicha mutaxassis≫ lug'aviy ma’nolarini anglatadi.
Ilmiy manbalarda leksik ma’no semema deb ham yuritiladi. Leksik ma’no, ya’ni semema semalardan tarkib topadi.
Sema leksik ma’no (semema)ni hosil qiluvchi ma’no bo'laklaridir. Mas., tun leksemasining ma’nosi - sutkaning кип botishidan кип chiqqungacha, oqshomdan long otar vaqtigacha bo'lgan qismi. Mazkur semema ≪qorongi≫, ≪vaqt≫, ≪ ≪ kabi semalardan tarkib topgan.Ilmiy manbalarda leksik ma’no quyidagi nuqtai nazarlardan turlarga ajratiladi:
1) yasalish munosabatiga ko'ra;
2) obyektni ifoda etishiga ko'ra;
3) nutqda voqelashishiga ko'ra.
Yasalish (hosil bo'lish) munosabatiga ko'ra leksik ma’no ikki turli bo'ladi:
a) asos ma’no;
b) yasama ma’no.
Leksemaning boshqa ma’nolarini kelib chiqisbiga asos bo'lib xizmat qiladigan ma’nosi asos ma’no hisoblanadi. Masalan, bosh so'zining tananing bo‘yindan yuqorigi, oldingi qismi; kalla ma’nosi uning asos ma’nosidir.
Leksemaning yasama ma’nosi hosila ma’no deb ham ataladi. Masalan, bosh so'zining aql-hush, miya (Tog'ningk&'rki tosh bilan, odamning ко ‘rki bosh bilan, Maqol); boshliq, rahbar (Yaxshi yigit —davraning boshi. Maqol); lavozim, mansab jihatdan katta (bosh Wash qabulida bo'ldim); ulkan, katta. asosi (Shaharning bosh darvozasi shu);, eng muhim, asosiy, yetakchi (O ‘qish - bosh vazifa) kabi o'nlab ma’nolari uning hosila ma’nolaridir.
Albatta, asos ma’no va yasama ma’no ko‘p ma’noli so'zlar uchun xos. Obyektni ifoda etishiga ko'ra ham leksik ma’no ikki turli bo'ladi:
1) nominativ ma’no;
2) figural ma’no.
Leksemaning voqelik bilan bevosita bog'lanadigan, narsa-buyum, belgi, harakatning nomi bo'lib xizmat qiladigan ma’nosi nominativ ma’no deyiladi. Masalan, ko ‘z leksemasining ko'rish a ’zosi, ruchka leksemasining yozuv quroli ma’nosi nominativ ma’nodir.
Leksemaning voqelik bilan bevosita bog‘lanmagan, narsa-buyum, belgi, harakatning nomiga aylanmagan ma’nosi figural ma’nodir. Masalan, Hayot o 'z yo‘lidan borar, bahor bolalarga o‘z quvonchi, о‘z shodliklarini saxiylik bilan taqdim etgan edi. (O'.Hoshimov) Bechora xotinlar bo'lsa, erlaridan bekitib yurgan pullarini da’vo qilolmay, damlari ichlariga tushib, kuyib qola berdilar. (P.Tursun. O'qituvchi) O‘zi bilmaydi-yu, rnenga o'rgatganiga kuyaman! (A. Qahhor. San’atkor). Gaplarda yo‘lleksemasi yo'nalish, kuymoq so'z i ajrab qolmoq, alam qilmoq kabi figural ma’nolarda qo'llangan.
Nutqda voqelashishiga ko'ra leksik ma’no ikki turga bo'linadi:
a) erkin ma’no;
b) bog‘liq ma’no.