Nazorat uchun savollar: 1. Leksikologiyaning tekshiruv obyekti nimalardan iborat?
2. Leksikologiyaning qanday bo‘limlarini bilasiz?
3. Semasiologiyaning o ‘rganish obyekti nimalardan iborat?
4. Onomasiologiya o ‘rganish obyekti nimalardan iborat?
5. Onomastika o ‘rganish obyekti nimalardan iborat?
6. Tilning hozirgi holati va tarixiy bosib o'tgan yo'li jihatidan leksikologiya qanday turlarga bo‘linadi?
7. Tasnifiy leksikologiya nimani o ‘rganadi?
8. Qiyosiy leksikologiya nimani o ‘rganadi?
9. Leksema nima?
10. Leksik ma’no deganda nimani tushunasiz?
11. Sema nima?
12. Asos ma’no deganda nimani tushunasiz?
13. Hosila ma’no deganda nimani tushunasiz?
14. Obyektni ifoda etishiga ko'ra leksik ma’no qanday turlarga bo'linadi?
15. Nutqda voqelashishiga ko'ra leksik ma’no qanday turlarga bo'linadi?
16. So'z - signifkat ~ denotat tushunchalarini izohlang.
17. Semantik maydon deganda nimani tushunasiz?
18. So'zlarning leksik ma’nolarini qanday turlarga bo'lish mumkin?
19. So‘zning o‘z va ko‘chma ma’nolari deganda nimani tushunasiz?
20. So'z ma’nosi qanday usullar orqali ko'chadi?
21. Metafora nima?
22. Metonimiya hodisasi qanday ifodalanadi?
23. Sinekdoxa hodisasi qanday ifodalanadi?
24. Vazifadoshlik asosida ma’no ko ‘chishi deganda nimani tushunasiz?
25. Til lug'at tarkibi deganda nimani tushunasiz?
26. Tilning lug'at tarkibining o'zlashma qatlami deganda nimani tushunasiz?
27. Iste’mol doirasi chegaralangan leksika sirasiga qanday lug‘aviy birliklar kiradi?