13-rasm. Nazariy ikki omilli bog’lanishlar Misol. Ikki o’zgaruvchili ma’lumotlarni grafikda tasvirlash – shifoxonaga murojaat qilish Muammo. Shifoxona bemorini boshqarishda qo’llaniladigan birlik-omil deb ataladi. Misol uchun, vena ichiga dori quyish vositalari, ignalar, soqol olish komplekti, hojat uchun tuvak, tagliklar, kiyimlar, dori vositalari va hattoki kod kartochkalari bo’lishi mumkin. Bayonet Point Hospital (St. Petersburg, Florida)dagi yurak arteriyasi bo’limida yaqinda har bir bemorga to’g’ri keluvchi omillar va ularning shifoxonada qolish davomiyligi (kunlarda) orasidagi bog’liqlik kuzatildi. 50 ta yurak arteriyasi bilan og’rigan bemorlarning 50 tasi bo’yicha ushbu ikki o’zgaruvchi to’g’risidagi ma’lumotlar 2.10-jadvalda berilgan. Omillar soni va bemorlarning shifoxonada qolish davomiyligi o’rtasidagi bog’liqlikni tasvirlash uchun sochilgan nuqtali grafikdan foydalaning.