4- ma’ruza statistik ma’lumotlarni jadval va grafiklarda tasvirlash



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə12/13
tarix20.02.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#123538
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
4- ma’ruza statistik ma’lumotlarni jadval va grafiklarda tasvirl

3-jadval. Davolanuvchilar omillari va shifoxonada yotish davomiyligi






Omillar tartibi

Yotish davomiyligi (kun)

Omillar tartibi

Yotish davomiyligi (kun)

231

9

354

11

323

7

142

7

113

8

286

9

208

5

341

10

162

4

201

5

117

4

158

11

159

6

243

6

169

9

156

6

55

6

184

7

77

3

115

4

103

4

202

6

147

6

206

5

230

6

360

6

78

3

84

3

525

9

331

9

121

7

302

7

248

5

63

2

233

8

110

2

260

4

131

5

224

7

364

4

472

12

180

7

220

8

134

6

383

6

401

15

301

9

155

4

262

7

338

8

Manba: Bayonet Point Hospital, Coronary Care Unit




14-rasm. 3-jadvaldagi davolanuvchilar omillari uchun SPSS sochilgan nuqtali grafigi
Echish. Grafikni qo’lda chizishdan ko’ra biz, statistik dasturiy to’plamga murojjat qilamiz. Yotish davomiyligi (LOS) vertikal o’qda va omillar soni (FACTORS) gorizontal o’qda joylashgan. 2.10-jadvaldagi ma’lumotlar uchun SPSS grafigi 14-rasmda ko’rsatilgan. Garchi grafikdagi nuqtalar, juda yuqori variatsiyani namoyish qilsada, sochilgan nuqtali grafik o’sish tendentsiyasi mavjudligini aniq ko’rsatadi. Ko’rinadiki, bemorning qolish davomiyligi bemorga qo’llaniladigan omillarning soni bilan to’g’ri korrelyatsion bog’lanishga ega.
Ortga nazar tashlash. Agar shifoxona ma’muriyati 14-rasmda ko’rsatilgan tanlama to’plam tendentsiyasi bosh to’plamdagi tendentsiyani aniq tasvirlashiga ishonchlari komil bo’lsa, u holda ular ushbu ma’lumotlardan kelajakdagi bemorlarning yotish davomiyligi bo’yicha pronozlarini takomillashtirishda foydalanishlari mumkin.
Sochilgan nuqtali grafik o’zaro bog’liqlikni tasvirlashning oddiy lekin eng yaxshi vositasidir. Biroq, shuni yodda saqlash lozimki, bu shunchaki grafik. Tanlanma to’plamni tarqaluvi grafigi asosida bosh to’plamdagi bog’liqlik bo’yicha qilingan xulosalarning ishonchliligi to’g’risida hech narsa deb bo’lmaydi.



    1. Tasviriy statistikada haqiqatning buzib ko’rsatilishi*

Bitta tasvir “mingta so’zning o’rnini” bosishi mumkin, lekin tasvirlar ham holatlarni bo’yab yoki ularni buzib ko’rsatishi mumkin. Umuman olganda, statistikada tasvirlangan rasmlar-gistogrammalar, ustunli grafiklar va boshqa grafikli tasvirlardan - voqealarni buzib ko’rsatishda shubhalanish mumkin, shuning uchun biz ularning har birini ehtiyotkorlik bilan tekshirishimiz lozim. Shundan kelib chiqib, ushbu bo’limni grafik yoki diagrammani tushunishda yordam beradigan bir nechta holatlarni eslash bilan boshlaymiz. Keyin esa, raqamli tasviriy statistika qanday qilib haqiqatni buzib ko’rsatishda foydalilishi mumkinligini muhokama qilamiz.


Haqiqatni buzib ko’rsatishning grafikli usullari. Grafik orqali chiqarilgan xulosani o’zgartirishning keng tarqalgan yo’llaridan biri – vertikal, gorizontal yoki har ikkala o’qdagi masshtabni o’zgartirishdir. Misol uchun. 4-jadvalda umumlashtirilgan 5 yil davomida Evropa suvdarida faoliyat ko’rsatayotgan katta kemalar oqimi to’g’risidagi ma’lumotlarni faraz qiling. 15-rasmjadvalda keltirilgan 3 ta joylashuvning har biri uchun qatnov chastotasini ifodalovchi MINITAB ustunli grafigi hisoblanadi. Grafik ko’rsatadiki, port ichidagi qatnovlar dengizdagi yoki ta’qiqlangan hududlardagi qatnovlardan ko’ra ko’proq uchraydi.
4-jadval. Dengiz kemalarining joylashuv bo’yicha qatnovlari




Joylashuvi

Kemalar soni

Dengizda

376

Ta’qiqlangan suvlarda

273

Portda

478

Jami

1127

MaThe Dock and Harbour Authority.



15-rasm. Kemalarning joylashuv bo’yicha qatnovlar soni uchun MINITAB ustunli grafigi
Endi faraz qilaylik, siz huddi shu ma’lumotni port ichidagi va ta’qiqlangan suvlardagi qatnovlar soni orasidagi farqni bo’rttirib ko’rsatish uchun foydalanmoqchisiz. Buni amalga oshirishning bitta yo’li – vertikal o’qdagi birliklar orasidagi masofalarni oshirish— ya’ni har bir incha faqatgina bir nechta birliklarni aks ettirish orqali vertikal o’qni cho’zishdir. Cho’zishning ortiga yashiringan belgi – bu uzun vertikal o’q, lekin ushbu ko’rsatkich vertikal o’qning boshidagi boshlang’ich 0 nuqtadan biror masofada joylashgan bo’lsa, u yashiringan holatda bo’ladi. Shunday grafik, 16-rasmdagi SPSS grafigida ko’rsatilgan. Ustunli grafikni 250dan boshlash (0 o’rniga) orqali, port ichidagi qatnovlar chastotasi ta’qiqlangan suvlardagi qatnovlar chastotasidan bir necha marta katta ekanligini ko’rish mumkin.

16-rasm. Kemalarning joylashuv bo’yicha qatnovlar soni uchun MINITAB ustunli grafigi, to’g’irlangan vertikal o’q asosida
Ustunli grafik yordamida haqiqatning buzib ko’rsatilishini aniqlashning yana biri yo’li – ustunlarning kengligini ularning balandligiga proportsional qilishdir. Misol uchun, bir yil davomida 4 trassaning har birida sodir bo’luvchi avtomobillar ishtirokidagi o’limlarning umumiy sonining foiz miqdorini ifodalovchi 2.40a-ustunli grafikka qarang. Endi o’limga olib keluvchi voqealar foizining ortib borishi bilan grafikning kengligi va balandligini oshirib boraylik. Ushbu o’zgartirish 2.40b-rasmda ko’rsatilgan. Ushbu holatdagi buzib ko’rsatish shundan iboratki, ya’ni o’quvchi har bir trassada sodir bo’layotgan o’limlar foizini ustunning yuzasi hajmiga tenglashtirishga harkat qilishi mumkin, aslida esa, o’lim bilan tugovchi falokatlarning haqiqiy nisbiy chastotasi faqat ustunlarning balandligiga bog’liq bo’ladi.






a. Ustunli diagramma b. Balandligi kattalashgan
sari ustunlar kengligi

17-rasm. To’rt har bir asosiy shosseda sodir bo’lgan yo’l transporti halokati o’limining nisbiy chastotasi.
Garchi biz grafiklar asosiy voqea-hodisaning asl tasvirini noto’g’ri tushunishga olib kelishi mumkinligining bir necha yo’llarini muhokama qilgan bo’lsakda, xulosa aniq: ma’lumotlarning grafik tasvirlanishiga tanqidiy ko’z bilan qarash lozim. Odatda, har bir o’q va ushbu o’qdagi birliklarning o’lchamini tekshiring. Vizual o’zgarishlarni inkor eting va grafik yoki diagramma orqali aks ettirilgan haqiqiy sonli o’zgarishlarga e’tibor qarating.


Kalit fikrlar

Sitfatiy ma’lumotlarni tasvirlash
1. Guruh kategoriyalarini aniqlash
2. Guruh chastotalarini aniqlash
3. Guruh nisbiy chastotasi=(guruh chastotasi)/n
4. Nisbiy chastotalarni garfikda tasvirlash


Doiraviy diagramma

Ustunli diagramma



Pareto Diagrammasi




Sifatiy ma’lumotlarni grafikda tasvirlash
Bir o’zgaruvchili:
1. Guruh intervallarini aniqlash
2. Guruh intervallari chastotalarini aniqlash
3. Guruh intervallari nisbiy chastotasi=(guruh chastotasi)/n
4. Interval nisbiy chastotalarni garfikda tasvirlash



Nuqtaviy diagramma



Band va barg grafigi



Gistogramma




Quti shaklidagi diagramma






Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin