4- ma’ruza statistik ma’lumotlarni jadval va grafiklarda tasvirlash



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə4/13
tarix20.02.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#123538
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
4- ma’ruza statistik ma’lumotlarni jadval va grafiklarda tasvirl

Grafik tasvir - bu statistik ma’lumotlar ifodalanadigan nuqta, chizik va figuralar to’plamidan iborat geometrik belgilardir.
Grafik maydon – grafikni hosil qiluvchi geometrik belgilar joylashtiriladigan maydondir. Grafik maydon o’z vazifasiga qarab aniq o’lchamlarga (formatga), ya’ni kattalik va tomonlar nisbatiga ega bo’ladi.
Maydon o’lchovlari – grafik tasvir joylashtiriladigan maydonning koordinatalar tizimi, ya’ni grafik maydonning o’lchovini ifodalovchi to’r. Amaliyotda keng qo’llaniladigan koordinatalar tizimi bu to’g’ri chiziqli koordinata tizimidir (1-rasm).
Uning asosan birinchi choragidan, ba’zan barcha choraklaridan statistika grafiklarini tasvirlashda foydalaniladi. Grafiklarni tasvirlashda qutbli koordinata tizimidan ham foydalaniladi (2-rasm). Ular vaqt bo’yicha tsiklik (davriy) o’zgarishlarni tasvirlashda muhimdir. To’g’ri chiziqli koordinata tizimida maydon o’lchovlari vertikal va gorizontal o’qlarda (ordinata va abtsissa o’qlari) ifodalansa, qutbli koordinata tizimida esa markazdan chiqqan nur (asosan o’ng tomondagi gorizontal nur), ya’ni koordinata o’qi va unga nisbatan nur burchagi o’lchovlarida ifodalanadi. Statistika xaritasini tasvirlashda esa o’lchovlar kontur to’r (daryo, dengiz, okean va mamlakat chegaralari konturi) shaklidagi chegaralarda turli xil rang yoki gemetrik belgilar orqali ifodalanadi.




1-rasm. To’ri chiziqli koordinata tizimi

2-rasm.Qutbli koordinata tizimi



Masshtab (miqyos) - bu raqamli ko’rsatkichlarning grafikda aks ettirilgan o’lchamidir. U statistik grafiklarda raqamlar bilan ifodalangan ko’rsatkichlarni grafik maydonda tasviriy nisbatlarga aylantiradi.
Grafik masshtabini belgilashda shkala muhim ahamiyatga ega. Shkala deganda aniq raqamlar kabi o’qilishi mumkin bo’lgan, nuqtalar bilan ajratilgan chiziq tushuniladi. Shkala quyidagi uch unsurdan iborat: shkala tayanchi, shkala raqamlari, shkala nuqtalar (3-rasm).




Shkala
нуқталари

Shkala
таянчи


-2 -1 0 1 2

Shkala raqamlari





Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin