4- mavzu : Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tartibga soluvchi meyoriy-huquqiy hujjatlar


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING



Yüklə 34,45 Kb.
səhifə2/5
tarix01.01.2022
ölçüsü34,45 Kb.
#107170
1   2   3   4   5
4-мавзу

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING

F A R M O N I RESPUBLIKA “MA’NAVIYaT VA MA’RIFAT” JAMOATChILIK MARKAZINI TAShKIL ETISh TO’G’RISIDA

1. O’zbekiston mustaqilligini mustahkamlashda, istiqlol yo’lida buyuk davlat barpo etishda ma’naviyat va ma’rifat omillarini hisobga olgan holda umuminsoniy va milliy

qadriyatlar uyg’unligiga asoslangan fuqarolik jamiyati qurish borasidagi fikr-mulohazalarni va takliflarni e’tiborga olib, respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi tashkil etilsin.

2. Markazning samarali faoliyati va o’z maqsadi yo’lidagi vazifalarni izchil bajarishi uchun, milliy tafakkurni rivojlantirish, ma’naviyat va ma’rifatni yanada kamol toptirishga ko’maklashish niyatida, unga 6-8 bosma taboq hajmida “Tafakkur” nomli jurnalni chop etish, noshirlik ishlarini yuritish huquqi berilsin.

3. Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari markazni va uning joylardagi tarkibiy tuzilmalarini tashkil etish bo’yicha zarur chora-tadbirlarni ko’rsinlar.

4. Moliya vazirligi (B.Hamidov) va boshqa tegishli tashkilotlar markazni hamda jurnal tahririyatini asosiy faoliyati uchun zarur bo’lgan mablag’, ashyo jihozlar bilan ta’minlasinlar.

5. Vazirlar Mahkamasi “Ma’naviyat va ma’rifat” markazining ishlariga tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida o’z qarorini qabul qilsin.

6. Toshkent shahar hokimligi (A.Fozilbekov) markazni va uning jurnali tahririyatini Toshkent shahri, Otaturk ko’chasidagi 24-binoga joylashtirish.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.KARIMOV

Toshkent shahri, 1994 yil 23 aprelь




Yüklə 34,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin