Suhbat metodi. Mazkur metodning axborot xarakteridagi suhbat, mavzuni mustahkamlovchi suhbat hamda evristik suhbat shakllari mavjud.
Axborot xarakteridagi suhbat metodidan, odatda, yangi mavzuni o’tish jarayonida foydalaniladi. O’qituvchi mavzu yuzasidan o’quvchilar quyi sinflarda egallagan bilimlarini nazarda tutib ularni suhbatga jalb etadi. Masalan, 6-sinfda “Shaxs otlari” mavzusini o’tishda o’qituvchi o’quvchilarni 5-sinfda olgan bilimlariga tayangan holda sunbatga tortadi. Suhbatning asosini o’qituvchining savollari hamda o’quvchilarning og’zaki javoblari tashkil etadi.
–Ot so’z turkumi deganda nima nazarda tutiladi?
–Shaxs, narsa-buyum, o’rin-joy, tushuncha nomlarini bildirgan mustaqil so’zlarga ot deyiladi.
–Shaxs otlariga kim misollar aytadi?
–Bahrom, Gulbarchin; ota, ona, singil; shifokor, muallim, duradgor...
–Yozuvda nega ba’zi shaxs otlari (masalan, Farrux, Mirfayz, Dildor) bosh harf bilan yoziladi-yu, ba’zilari (masalan, kitobxon, chitfurush, amaki, xola, amma kabilar) kichik harf bilan yoziladi?
–Agar shaxs otlari atoqli ot bo’lsa, bosh harf bilan yoziladi. Agar shaxs otlari turdosh ot bo’lsa, kichik harf bilan yoziladi.
O’quvchilarning mavzu yuzasidan savollariga yoki javob topolmagan savollariga o’qituvchi javob berib boradi. O’quvchilarga yangi mavzu mazmuni axborot tarzidagi suhbat orqali singdiriladi.
Yozma ish (insho, bayon, diktant, ijodiy matn)lar tahlili(xatolar ustida ishlash)da ham axborot xarakteridagi suhbat metodidan foydalaniladi.
Mavzuni mustahkamlovchi suhbat metodiham yuqoridagiga monand. Faqat farqi shundaki, bu metoddan yangi mavzuni yoki muayyan bo’lim, paragrafni o’tib bo’lgandan keyin foydalaniladi.
XULOSA: Bolаgа bir turdаgi tuzilmаlаrdаn foydаlаnmаgаn holdа sо‘zlаrning tо‘g‘ri tаrtibini qо‘llаshni о‘rgаnishdа yordаm berаdigаn mаshqlаrgа аlohidа e’tiborni qаrаtish zаrur.
Muhimi, bolаdа gаp tаrkibi hаqidа vа hаr xil turdаgi gаplаrdа leksikаdаn tо‘g‘ri foydаlаnish hаqidа oddiy tаsаvvurlаr shаkllаnsin. Buning uchun bolаlаrgа gаpdа sо‘zlаrni biriktirishning turli usullаrini, sо‘zlаr о‘rtаsidаgi аyrim mаzmunli vа grаmmаtik bog‘liqliklаrdаn foydаlаnishni hаmdа gаpni intonаsion jihаtdаn rаsmiylаshtirishni о‘rgаtish zаrur.
Bolalar aniq va tushunarli so’zlaydigan, iboralar, so’zlar va har bir tovushni alohida-alohida aniq talaffuz etayotgan, ya'ni yaxshi diksiyaga ega bo’lgan pedagog yordamida ona tilidagi tovushlarni muvaffaqiyatli ravishda o’zlashtiradilar. Ko’pincha pedagoglarning talaffuzi biroz noaniq va tushunarsiz bo’ladi, ular tovushlar va so’zlarni og’izni yetarli darajada ochmasdan talaffuz qiladilar, ayrim tovushlar yutib yuboriladi, undoshlar tushunarsiz talaffuz etiladi.
Pedagog talaffuzning adabiy me'yorlariga rioya qilishi, o’z nutqida turli shevalar, mahalliy so’zlashuvlar ta'sirini bartaraf etishi, so’zlarda urg’uni to’g’ri qo’yishi lozim.