Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. Ertak janrining asosiy xususiyatlaridan biri uning xalq hayoti, kurashi, tarixi, psixologiyasi, dunyoqarashi, urf-odatlari bilan juda yaqin bog`langanligi va insonlarga axloqiy hamda ma’naviy tarbiya berilishidir. Ma`lumki, ertak ko`ngilxushi yoki ermak emas, balki ertak orqali atrof-muhit, tabiat bilan tanishtirilishi,zehn,fikr o`tkirligini sinash quroli hamdir. Ertaklar xalq og`zaki ijodi bolalarni ezgulikka, mehnatsevarlikka o`rgatuvchi qadimiy janrlaridan biridir. Har bir ertak uni yaratgan xalqning hayoti,urf-odati, o`ziga xos rasm-rusumlari bilan bog`liq bo`lib,bolalar o`rtasida keng tarqalgan. Malakaviy bitiruv ishining maqsadi o`qish darslarida o`quvchilarni ertaklar vositasida hayvonot olami va ezgulik va yovuzlikni farqlash yo`llarini o`rgatishdan iborat.