4- sinf o’qish darslarida xalq ertaklarini o’rgatish usullari


II.1. 4 – sinf o’qish darsligida ertaklar va ularning ahamiyati



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə2/20
tarix14.04.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#115291
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
madina Po\'latova

II.1. 4 – sinf o’qish darsligida ertaklar va ularning ahamiyati.

II .2. 4 – sinf o’qish darsida ertaklarni interfaol usullarda o’tish.

XULOSA

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH

Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. Mamlakatimizda yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘g‘il-qizlarning zamonaviy bilim olishi, yuksak ma’naviyatli bo‘lib ulg‘ayishi uchun zarur sharoit yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 15-iyun kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi” mavzuidagi anjumanda so‘zlagan nutqida yosh avlod tarbiyasi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. “Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan”1, deya ta’kidladi Prezidentimiz. Mamlakatning jahondagi nufuzi, uning iqtisodiy va intellektual salohiyati, dunyo stivilizastiyasi, fani va madaniyati rivojiga qo’shgan hissasi, ayni vaqtda, umume’tirof etilgan xalqaro me’yorlarga nechog’lik amal qilishi xalqning turmush darajasi bilan belgilanadi. Ana shu jihatdan mazkur bitiruv malakaviy ishi g’oyat dolzarb ahamiyatga ega bo’lib, yosh avlod tarbiyasida ertak va uning estetik ta’siri kattadir.

Ertak asrlar davomida yaratilib,avloddan-avlodga o`tib sayqal topib kelayotgan folklorning mustaqil janridir. Ertak juda qadim zamonlarda vujudga kelgan. Ba`zi ertaklarning obyekti, shakli hamda mazmuni qadimiyligini aniqlashga imkon beradi. Ertak qadimda ezgulik va yovuzlik, do`stlik va dushmanlik, mehnatsevarlik va yalqovlik kabi borliqda mavjud bo`lgan xislatlarning mohiyatini belgilashga yordam beradi. Kishilar qadim zamonlardan boshlab hozirgacha asta-sekin tabiat va jamiyatdagi inson uchun foydali va zararli bo`lgan hodisalar, jonli- jonsiz predmetlar umuman, har xil obyektlarni o`z zamoni va tusunchasi doirasida aniqlagan holda ertak yaratib kelganlar. Ertak bugungi kunda ham ahamiyatini yo`qotgan emas, balki kundan kun yangi ertaklar yaratilib ommalashib bormoqda.

Barkamol avlodni hayotga tayyorlashda ko`p asrlar davomida qo`llangan va

sinalgan usul va vositalar, xilma-xil tadbirlar, milliy urf-odatlar, an`analar,tarbiya

haqidagi g`oyalar o`zbek xalqi pedagogikasi xazinasidagi bebaho javohirlar

hisoblanadi. Xalq pedagogikasida ifodalangan g`oyalar tajribalar xalq og`zaki ijodi namunalarida ulug` mutafakkir olimlarning ilmiy va adabiy asarlarida o`z ifodasini topgan. Ma`naviy yuksak shaxsni kamol toptirish uchun albatta,umumiy o`rta ta`lim maktablari adabiyot darsliklari ,o`zbek millatining asrlarga tatigulik asarlari, xalq o`zaki ijodining boy va betakror namunalari bilan tarkib topishi lozim.




Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin