4-33IQTS GURUH Talabasi:Ismoilova Nozimaposhsho tomonidan tayyorlangan mustaqil ish: REFERAT: Mavzu:Mehnat bozori va uning mohiyati
Reja:
1.Mexnat bozori
2.Bozorning moxiyati va shakillanishi
3.Talab va taklif qonuni
4.Mehnat omili va Mehnat bozoridagi munosabatlar
MEHNAT BOZORI va uning mohiyati
Mehnat bozori — ish kuchi oldi-sotdi qilinadigan bozor. Mehnat bozorining ishtirokchilari ishga yollovchilar, ishga yollanuvchilar va ular oʻrtasidagi turli vositachilar hisoblanadi. Turli vositachi firmalar, tashkilotlar va agentliklar Mehnat bozorining infratuzilmasini tashkil etadi. Ish kuchi maxsus tovar sifatida uning sohibi tomonidan bozorga taklif etiladi. Ishga yollovchilar Mehnat bozoriga talab bilan chiqadi. Ish kuchining oldisotdisi bevosita haridor bilan sotuvchi oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri yoki vositachilar ishtirokida yuz berishi mumkin. Bu ishni mehnat birjasi yoki ish topib beruvchi firmalar bajaradi. Ish kuchining oldisotdisi mehnat bitimi shaklida rasmiylashtiriladi. Mehnat bozorida ish kuchini sotuvchi bilan uni oluvchi oʻrtasida mehnatning kelishilgan narxi — ish haqidir
Mehnat bozorining mohiyati va shakllanishiMehnat bozori — bu mehnatga qobiliyatli aholining ish bilan band bo'lgan va band bo'lm agan qismlari va ish beruvchilar o'rtasidagi munosabatlami hamda ulaming shaxsiy manfaatlarini hisobga oluvchi kontraktlar (mehnat kelishuvlari) asosida «mehnatga qobiliyatlarini» xarid qilish - sotishni amalga oshiruvchi hamda ishchi kuchiga talab va taklif o'rtasidagi nisbatlarni bevosita tartibga soluvchi, bozor iqtisodiyotining murakkab, ko'p aspektli, o'suvchi va ochiq ijtimoiy-iqtisodiy tizimchasidir
Mehnat bozorining mohiyati va shakllanishimehnat bozori vazifalari:ishchi kuchiga talab va taklifning hajmi, tarkibi va nisbatini shakllantirish;bozor uslubida xo'jalik yuritishining iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy mexanizmlari yordamida ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solish;mehnat resurslarining oqilona bandligini ta’minlashga bevosita ta’sir ko'rsatish;ishsizlar ish topishiga, ularning malakasi va raqobat qobiliyatini oshirishga ko'maklashish;ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va mehnat taqsimotini o'zgartirish.