Mehnat omili va mehnat bozoridagi munosabatlarHozirgi zamon nazariyotchilari ham yaratilgan mahsulot resursga aylanib, boylik hosil etishini e’tirof etadilar.Ishlab chiqaruvchilar mehnati boylikni ko'paytiradi.Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida yaratilgan va jamg‘arilgan moddiy, nomoddiy va intelektual boyliklar hamda tabiat in’omlaridan iboratdir.Milliy boylik miqdori va sifati jamiyatning kuch-qudratini, iqtisodiy potensialini ko'rsatadi. Uning asosiy ko‘rsatgichi Yalpi milliy mahsulot miqdoridir. Iqtisodchilarga shu narsa m a’lumki, mehnat resurslari, kapital, yer kabi ishlab chiqarish omillari bir xil bo‘lgan korxonalar va hattoki butun mamlakatlar ham har xil iqtisodiy natijalarga erishadilar. Hattoki, turli xil resurslarga boy bo‘lganlar kambag‘allashib, kamroq resurslarga ega bo‘lganlari esa boyib bormoqdalar
Mehnat omili va mehnat bozoridagi munosabatlarIshlab chiqarish omillaridan foydalanish yaxshi bo‘lishi uchun eng muhim omillardan biri bo’lgan — «tadbirkorlik qobiliyati» ham zarur ekan. Gap shundaki, bozor iqtisodiyotida «mehnat» va «tadbirkorlik qobiliyati» ga alohida o‘rin beriladi. Tadbirkor o‘ziga xos qobiliyatga, harakterga, bilimga ega bo‘lgan tinimsiz izlanuvchi, yangilikka intiluvchi, ixtiro qiluvchi, tashabbuskor kishidir. Ishlab chiqarish omillarini birlashishi tadbirkorsiz amalga oshmaydi. Tadbirkor resurslarni yangicha kombinatsiyalarini topib, alohida korxonalar va butun iqtisodiyotning rivojini ta’minlaydi.Avvalgi tuzum davrida «tadbirkorlik qobiliyati» tushunchasi ham tadbirkorlarning o‘zlari ham tan olinmagan. Tadbirkorlik qobiliyati o'ziga xos aql, idrok, tavakkalchilik, bilim, shijoat talab etadi.Bunday hislatlar, qobiliyat hammada ham bo‘lavermaydi. Demak, mehnatga layoqatli kishilarning hatti-harakatlari resurslar cheklangan sharoitda maksimal darajadagi natijalarga qaratilishi lozim.
TALAB VA TAKLIF QONUNI. MEHNAT BOZORI MUVOZANATINING VUJUDGA KELISHI.Insonlar ehtiyoji, ularning iste’molini qondirish borasidagi talabga aylanadi. Talabning asosi ehtiyojdir. Bozor pul bilan ta’minlanmagan ehtiyojga ahamiyat bermaydi. Demak, har qanday tovarga yoki xizmatga tug’ilgan ehtiyoj, albatta, sotib olish quvvatiga ega bo’lishi lozim. Pul bilan ta’minlangan ehtiyoj talabga aylanadi va xaridorlarning u yoki bu tovarni sotib olishga tayyorligini bildiradi13. Bozorda xaridorlar u yoki bu tovarga talab bilan, sotuvchilar esa, tovar taklifi bilan o’zaro uchrashadilar.Talab – bu, zarur tovarlar va xizmatlar miqdori bo’lib, to’lovga qobil ehtiyojdir.Talab agrosanoat majmuasi, ishlab chiqarish ijtimoiy infratuzilmasi va iqtisodiyotning boshqa sohalarining mehnat bozoriga buyurtma etgan ish haqi fondi, shaxsiy yordamchi xo'jaliklardan daromadlar va boshqa hayotiy vositalar bilan ta’minlangan ehtiyojning hajmi va tarkibini aks ettiradi.
Dostları ilə paylaş: |