1-topshiriq. “Jahonning iqtisodiy rivojlangan davlatlari ta’lim tizimi” mavzusiga doir blits-so’rov savollari Ta’lim tizimi deganda nimani tushunasiz?
Xalqaro ta’lim standart klassifikatsiyasi qachon yangilandi?
Xalqaro ta’lim standart klassifikatsiyasida ta’limning nechta bosqichi ko’rsatilgan?
Jahon ta’lim tizimining o’zaro aloqadorligi va o’zaro harakati belgilariga ko’ra qanday regionlarga bo’linadi?
Qiyosiy pedagogik tizim bu…?
Jahonning iqtisodiy rivojlangan davlatlari ta’lim tizimining qaysi davlatida boshlang’ich ta’limda darsga kelmagan farzandi o’rniga ota-onasi yoki ishonchli vakil qatnashishi shart?
Qaysi davlatda oliy ta’limga chet el fuqarolariga davlat grantlari boshqa davlatlarga nisbatan ko’proq ajratiladi?
2-topshiriq. Turli davlatlar ta’lim modeli mosligini aniqlang
Davlatlar
Ta’lim modeli
Amerika modeli:
umumiy maktab → real bilim yurti, gimnaziya va asosiy maktab → oliy o’quv yurti → magistratura → doktorantura
Germaniya modeli:
kichik o’rta maktab → o’rta maktab → katta o’rta maktab → 2 yillik kollej → universitet tizimidagi 4 yillik kollej → magistratura → doktorantura.
Angliya modeli:
onalar maktabi → o’rta maktab → kollej → texnologik, kasbiy va umumta’lim litseyi → universitet → magistratura → doktorantura.
Fransiya modeli:
birlashgan maktab → grammatik va zamonaviy maktab → kollej → universitet, magistratura, doktorantura.
Rossiya modeli:
to’liq umumta’lim o’rta maktab → kollej → universitet, akademiya (bakalavriat) → magistratura → doktorantura.