4-amaliy mashg‘ulot mavzu: Taqdimotlar muxarrirlari va ularda ishlash. Power Point dasturida slaydlarni boshqarish. Nazariy qism



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə1/4
tarix08.11.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#131249
  1   2   3   4
4 amaliy mashg\'ulot


4-AMALIY MASHG‘ULOT
Mavzu: Taqdimotlar muxarrirlari va ularda ishlash. Power Point dasturida slaydlarni boshqarish.


Nazariy qism:
Faraz qiling, Siz odamlar bilan to‘la majlislar zalidasiz. Shu yerdan turib o‘zingizning yangi fikrlaringizni bo‘lg‘usi mijozlaringizga etkazish uchun imkoniyat paydo bo‘ldi. Ushbu imkoniyatni amalga oshirishda MS Power Point yordamga keladi. Bu dastur xar xil video-klip va animatsiyalardan foydalanib taqdimot yaratish orqali, o‘z fikringizni tushunarli qilib yetkazib berish imkoniyatini beradi.
Shu bilan bir qatorda, bugungi kunda reklamalarga juda keng e’tibor berilmoqda. Reklamalarning har xil ko‘rinishlari: sahifalar, e’lonlar, tele- va radio reklamalar sizga ma’lum. Bugungi kunda kompyuter - reklamalarini yaratish va tarqatish bo‘yicha eng kuchli vositaga aylandi.
Reklama namoyishini yaratish bu ko‘p vaqtni talab qiladigan, juda muhim va ma’suliyatli jarayondir. Bu o‘rinda sizdan talab qilinadigani rasmlar, animatsiya (harakat), qisqa matnlardan iborat senariyni o‘ylab topishdir. Namoyish(prezentatsiya)lar va slayd-filmlar tayyorlashda eng effektiv va universal vositalardan biri - bu Microsoft Office ilovasidagi - MS Power Point dasturidir. U grafik axborotlar, slaydlar, ovoz, video kliplar, animatsiyalardan foydalanib, sizga sifatli namoyishlar yaratish imkonini beradi.
Slaydlarga MS Power Point 2010da mavjud bo‘lgan ma’ruza mavzusiga mos fon tasviri uchun mo‘ljallangan Dizayn mavzusi yoki ranglar jilosi o‘rnatish orqali taqdimotni boytish mumkin.
Yaratilgan taqdimotni MS Power Point 2010 va undan avvalgi laxjalarida ochish va tahrirlash imkonini beruvchi - .pptx (.ppt), MS Power Point 2010 dasturisiz ishlay oladigan Demonstratsiya Power Point - .ppsx (.pps), chop etilgan hujjat shaklida - .pdf, shuningdek xar bir sahifasini rasm shaklida - .jpeg, .gif va .tiff xamda video fayl shaklida - .WMV formatlarida saqlash imkonini beradi.

Video fayllarni joylash va tahrirlash


Video fayllar yaratilayotgan taqdimotni yanada jonli va ishonarli chiqishiga katta hissa qo‘shadi. MS Power Point 2010da slaydlarga video fayllarni Vstavka vkladkasi yordamida joylashtiriladi.
Yodingizda bo‘lsin, agar video faylni hotirani tejash maqsadida, internetdagi biror saytga murojaat orqali slaydingizga joylashtirgan bo‘lsangiz, u holda taqdimotni namoyish etayotganingizda kompyuteringiz internetga ulangan bo‘lishingiz kerak, aks holda video fayl topilmagani xaqida xabar chiqariladi.
Taqdimotingizga joylashtirayotgan video faylingiz hajmi sizga keragidan katta bo‘lsa, uni Rabota s video nomli panelning Vosproizvedeniye(ijro etish) qismida joylashgan Montaj video buyrug‘idan foydalangan holda tahrirlash mumkin. Bu panel MS Power Point 2010 tasmasida slaydingizdagi video tasvirini tanlaganingizda paydo bo‘ladi.

MS Power Point 2010да видео файлни таҳрирлаш
Video namoyishi uchun oyna shaklini Работа с видео nomli panelning Формат qismida joylashgan Форма видео ichidan biror geometrik shaklni tanlash orqali, oynani biror tarafga burish uchun esa Видеоэффекти dagi biror elementdan foydalanishingiz mumkin.
Endi slaydga video o‘rnatish va uni birma-bir tahrirlash ketma-ketligini bajarilishini ko‘rsatib o‘tamiz.


  1. Yüklə 1,87 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin