Delphi dasturida test yaratish. Delphi dasturi ishga tushirilganda avtomatik Form1 nomli yangi forma hosil qiladi. Forma
xususiyatlari Object Inspector oynasida to’girlanadi. Masalan Captions bandida forma
sarlavhasini “Test dasturi” deb o’zgartirish mumkin. Test dasturini yaratish uchun formaga
Win32 tabshetida joylashgan PageControl joylashtiriladi (19-rasm). PageControl oynaning to’liq
pastki qismini qoplab turishi uchun Object Inspektor oynasining Align bandidan alBottom tanlanadi.
1-rasm. Delphi dasturida test yaratish. PageControl ustiga sichqonchaning o’ng tugmasini bosib, New Page tanladi. Natijada
PageControlda bitta tabshet paydo bo’ladi. Object TreeView oynasidan TabSheet1 tanlanib,
Object Inspektor oynasining Captions bandiga “Test” deb yoziladi. Bu ishni yana bir marta
takrorlab “Yordam” nomli ikkinchi tabshet hosil qilinadi. Ikkinchi tabshet test haqida ma’lumot
yozish uchun kerak bo’ladi. Formaga Standart tabshetidan bitta Label joylashtiriladi. Label belgilangan holda, Object Inspektor oynasining Captions bandiga test nomi kiritiladi (20-ram).
2-rasm. PageControlga ikkita tabshet va Label joylashtirish. Additional tabshetidan bitta ScrollBox, PageControl ichiga joylanadi. Bu ScrollBox test
savollari ko’payib ketgan paytda vertikal suzuvchi oyna hosil qilish uchun kerak. ScrollBox belgilangan holda Object Inspektor oynasidan Align bandi alTop tanladi. Savollar blankini
joylashtirish uchun Standart tabshetidan RadioGroup, ScrollBox ichiga joylashtiriladi.
Scroll Box
Tabshetlar
Object Inspektor
oynasi
RadioGroup belgilanib Object Inspektor oynasining Caption bandiga test savol kiritiladi. Items bandiga javoblar to’rtta satrga kiritiladi (21-rasm).