|
Berilgan sonni kubini topadigan funksiya yarating. Ushbu funksiya yordanida a,b,c,d sonlarini kubini hisoblang.
|
|
Berilgan parametrlar asosida uchburchakning yuzasini topadigan funksiya yarating. Ushbu funksiya yordamida a1,b1,c1 va a,b,c parametrli uchburchaklarning yuzasini hisoblang.
|
|
Berilgan sonni 4 darajasini topadigan funksiya yarating. Ushbu funksiya yordanida a,b,c,d sonlarini 4 darajasini hisoblang.
|
|
Berilgan k sonini q darajasini topuvchi funksiya yarating. Ushbu funksiya yordamida a ning b-darajasini va c ning d-darajasini toping.
|
|
Berilgan parametrlar asosida to’g’ri burchakli uchburchakning yuzasini va radiuslarni(ichki chizilgan va tashqi chizilgan aylana) topuvchi funksiya yarating. Ushbu funksiya yordamida a va b katetga, hamda c1 gipotenuza va b1 katetga ega bo’lgan uchburchaklarni hisoblang.
|
|
To’g’ri to’rtburchakning yuzasini topadigan funksiya yarating. Ushbu funksiya yordamida a va b, a1 va b1 tomonga ega bo’lgan to’g’ri to’rtburchakning yuzasini toping.
|
|
Kvadratning yuzini va perimetrini hisoblovchi funksiya yarating. Ushbu funksiya yordamida a,b,c,d tomonga ega bo’lgan kvadratni hisoblang.
|
|
Doiraning yuzini hisoblovchi funksiya hosil qiling. Bu funksiya yordamida 3 ta doira yuzini hisoblang.
|
|
n natural soni berilgan. 2 ning n chi darajasini hisoblovchi daraja nomli funksiya hosil qiling. Matematik funksiyalardan foydalanmang. Daraja funksiyasini 2 xil ko’rinishda ishlab chiqing.Funksining prototipi quyidagicha bo’lsin:
void daraja(int , int *) int daraja(int)
|
|
2 ta sonning o’rta arifmetigi va geometrigini hisoblovchi funksiya hosil qiling. Ushbu funksiya orqali a,b,c,d sonlaridan (a,b),(a,c),(a,d) juftliklarining o’rta arifmetigi va geometrigini hisoblang.
|
|
Berilgan sonni factorialini hisoblaydigan funksiya yarating. Ushbu funksiya yordamida a, b, c funksiyalarini factorialini hosil qiling.
|
|
x va y butun solari berilgan. x,y nuqta qaysi chorakda joylashganligini aniqlovchi funksiya hosil qiling. Ushbu funksiya yordamida x1 va y1, x2 va y2 nuqtalar joylashgan chorakni aniqlang.
|
|
Berilgan radiusdan foydalanib aylananing uzunligini va doiraning yuzasini hisoblovchi funksiya yarating.Ushbu funksiya asosida r,r1,r2 radiuslar asosida hisoblang.
|
|
Berilgan sonning n –o’rinda turgan raqamini qaytaradigan funksiya hosil qiling.Bunda agar berilgan son n ta xonadan iborat bo’lmasa 0 qaytarsin. Ushbu funksiya yordamida a,a1,a2 sonlarining n xonadagi raqami aniqlansin.
|
|
Berilgan sanadan boshlab yangi yilga qadar qancha muddat qolganini topuvchi funksiya hosil qiling. Ushbu funksiya yordamida day1,day2 kundan yangi yilgacha qancha muddat qolganini hisoblang.
|
|
Berilgan kundan oldingi kunni chiqaruvchi funksiya hosil qiling. Ushbu funksiya yordamida day1, day2,day3 larni hisoblang.
|
|
Uchta sondan kattasini topuvchi funksiya hosil qiling. Ushbu funksiya yordamida a,b,c va a1,b1,c1 lardan kattasini toping.
|
|
A va B sonlari berilgan, Swap va uchinchi o’zgaruvchiga murojaat qilmasdan shu ikki qiymat o’zaro almashadigan funksiya hosil qilinsin. Ushbu funksiya yordamida a va b, a1 va b1 qiymatlar almashtirilsin.
|
|
Kiritilgan sonni xonalar sonini aniqlaydigan funksiya yarating. Ushbu funksiya yordamida a1,a2,a3 sonlarining xonalar sonini toping.
|
|
Berilgan sonni uchga bo’linishi yoki bo’linmasligini tekshiradigan qism dastur yarating. Ushbu qism dastur yordamida a,b,c sonlarni uchga bo’linishga tekshiring.
|
|
a sonining 3-darajasini hisoblab, b o‘zgaruvchiga uzatadigan PowerA3(a,b) nomli void turidagi funksiya tasvirlansin (a-kiruvchi, b-chiquvchi parametrlar bo‘lib, ular haqiqiy turga tegishli). Bu funksiya yordamida berilgan 5 ta sonning 3-darajalari hisoblansin.
|
|
Tomoni a ga teng bo‘lgan teng tomonli uchburchakning perimetri va yuzasini hisoblovchi TrianglePS(a,p,s) nomli void turidagi funksiya tasvirlansin(a-kiruvchi, p va s chiquvchi parametrlar, barcha parametrlar haqiqiy turga tegishli). Bu funksiyadan foydalanib, berilgan qiymatlarda 3 ta teng tomonli uchburchaklarning perimetrlari va yuzalari hisoblansin.
|
|
Butun musbat k sonidagi raqamlar miqdorini va yig‘indisini hisoblaydigan Digitcountsum(k,n,s) nomli void turidagi funksiya tasvirlansin (k-kiruvchi, n va s – chiquvchi parametrlar bo’lib, ular butun turga tegishli). Bu funksiyadan foydalanib, berilgan 5 ta butun musbat sonning har biri uchun raqamlari miqdori va raqamlar yig‘indisi hisoblansin.
|
|
Berilgan butun musbat k sonining chap tomonidan “d” raqamini joylashtiradigan ADDLeftDigit(d,k) nomli void turidagi funksiya tasvirlansin(d- kiruvchi parametr, k- bir vaqtda kiruvchi va chiquvchi parametrlar bo’lib, ular butun turga tegishli). Bu funksiyadan foydalanib, berilgan k musbat sonining oldidan d1 va d2 raqamlari ketma-ket joylashtirilsin va har bir jarayon natijasi chop etilsin.
|
|
x va y o‘zgaruvchilaridagi saqlanayotgan qiymatlarni o’zaro almashtiruvchi Swap(x,y) nomli void turidagi funksiya tasvirlansin(x, y-haqiqiy turga tegishli parametrlar bo‘lib, bir vaqtning o‘zida kiruvchi va chiquvchi hisoblanadi). Bu funksiyadan foydalanib, berilgan a, b, c, d haqiqiy turga tegishli o’zgaruvchilar uchun (a,b),(c,d) va (b,c) juftliklarning qiymatlari ketma-ket almashtirilsin hamda a ,b,c, d larning yangi qiymatlari chiqarilsin.
|
|
Berilgan sonni to’la kvadratlikka tekshiruvchi funksiya yarating.
|
|
Berilgan sonning kasr qismini topib beruvchi funksiya yarating.
|
|
Berilgan sonni mukammallikka tekshiruvchi funksiya yarating.
|