4-Amaliy mashg‘ulotini bajarish bo‘yicha variantlar



Yüklə 59,29 Kb.
səhifə2/5
tarix24.11.2022
ölçüsü59,29 Kb.
#119832
1   2   3   4   5
2-Jadval.

  1. 1




Berilgan ikkita sonni “do’st son” larga tekshiradigan funksiya yarating. Ushbu funksiya yordamida a va a1, b va b1, c va c1 sonlarini o’zaro do’stlikka tekshiring. Izoh: do’st sonlar deb birinchi sonning bo’luvchilari yig’indisi ikkinchi sonni, ikkinchi sonni bo’luvchilari soni birinchi sonni tashkil qilgan sonlar juftiga aytiladi.


Berilgan a va b sonlar ichidan do’st sonlarni ekranga chop qiladigan dastur yarating. Ushbu dastur uchun do’st sonlar funksiyasidan foydalaning. Izoh: do’st sonlar deb birinchi sonning bo’luvchilari yig’indisi ikkinchi sonni, ikkinchi sonni bo’luvchilari soni birinchi sonni tashkil qilgan sonlar juftiga aytiladi.


Berilgan sonni tublikka tekshiradigan funksiya yarating. Bu funksiya yordamida a,b,c,d sonlarini tub songa tekshiring.


Berilgan a va b sonlari orasidagi tub sonlarni topuvchi dastur yarating. Ushbu dasturni yaratish uchun tub funksiyasini yaratib undan foydalaning.


Berilgan a va b sonlar orasidagi tub sonlarning o’rta arifmetik qiymatini hisoblang. Buning uchun tub sonlar funksiyasi hosil qiling.


Haqiqiy sonning ishorasini aniqlovchi ishora() nomli funksiya hosil qiling. Funksiya argumenti noldan kichik bo’lsa -1; noldan katta bo’lsa 1; nolga teng bo’lsa 0 qiymat qaytarsin. Haqiqiy a va b sonlari uchun ishora(a)+ishora(b) ifodasi hisoblang.


Kvadrat tenglamaning izdizlar sonini va ildizlarini aniqlovchi funksiya hosil qiling.


n va m natural soni berilgan. Shu sonlar EKUBini topuvchi funksiya yarating. Ushbu funksiya yordamida a va a1, b va b1 sonlari uchun EKUB ni toping.


n va m natural soni berilgan. Shu sonlar EKUKini topuvchi funksiya yarating. Ushbu funksiya yordamida a va a1, b va b1 sonlari uchun EKUK ni toping.


Berilgan sekundni soat minut sekund ko’rinishida chiqaradigan funksiya yarating. Ushbu funksiya yordamida t1,t2,t3 vaqtlarni hisoblang. M: 3723 sekund berilsa, natija 01:02:03


Palindrom funksiyasini hosil qiling. Ushbu funksiya yordamida a,b,c sonlarini palindromlikka tekshiring


Arifmetik amallarni bajaruvchi hisoblash (int a,int b,char amal) funksiyasini hosil qiling. Ushbu funksiya yordamida a va b, a1 va b1 sonlari uchun arifmetik amallarni hisoblang.


Berilgan sonning raqamlar yig’indisini hisoblovchi funksiya hosil qiling. Bu funksiya yordamida a,b,c sonlarini raqamlar yig’indisini hisoblang.


Dastlabki n ta fibonachchi sonlarini chiqaradigan funksiya hosil qiling.


Berilgan kundan keyingi kunni chiqaruvchi funksiya hosil qiling. Ushbu funksiya yordamida day1, day2,day3 larni hisoblang.


Kiritilgan yil kabisa yili yoki kabisa yili emasligini aniqlovchi funksiya hosil qiling. Izoh: Kabisa yilida 366kun mavjud, ya’ni 29-fevral bor bo’ladi.


Satr toifali o’zgaruvchini uzunligini aniqlash uchun funksiya hosil qiling. Strlen ishlatilmasin. Ushbu funksiya yordamida s1,s2,s3 satrlarning uzunligi aniqlansin.


Berigan sonning raqamlar ko’paytmasini topuvchi funksiya hosil qiling. Ushbu funksiya yordamida a,b,c sonlarning raqamlar ko’paytmasi hisoblang.


Ikkita tub son «egizak» deyiladi, agar bir-biridan farqi 2 teng bo‘lsa (masalan, 41 va 43 sonlari). Berilgan natural n uchun [n..2n] kesmadagi barcha «egizak» sonlar juftliklari chop etilsin. Masalani yechish uchun berilgan k sonini tub son yoki yo‘qligi aniqlovchi mantiqiy qiymat qaytaruvchi funksiya tuzish zarur bo‘ladi.


Kiritilgan sonni teskari tartibda chiqaradigan (son sifatida) funksiya hosil qiling. Ushbu funksiya yordamida a,b,c sonlarini teskari tartibda hosil qiling.



Yüklə 59,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin