4-Amaliy mashg‘ulotini bajarish bo‘yicha variantlar



Yüklə 59,29 Kb.
səhifə3/5
tarix24.11.2022
ölçüsü59,29 Kb.
#119832
1   2   3   4   5
a sonining 2-, 3-, 4-darajalarini hisoblab, mos ravishda b,c,d parametrlarga uzatadigan PowerA234(a,b,c,d) nomli void turidagi funksiya tasvirlansin (a-kiruvchi, b,c,dlar chiquvchi parametrlar, barcha parametrlar haqiqiy turga tegishli). Bu funksiya yordamida berilgan 5 ta sonning har biri uchun 2-, 3-, 4-darajalar hisoblansin.


Tomonlari koordinata o‘qlariga parallel bo‘lgan hamda qarama-qarshi uchlarining (x1,y1), (x2,y2) koordinatalari berilgan to‘g‘ri to‘rtburchakning p perimetri va s yuzasini hisoblaydigan RectPS(x1,y1,x2,y2,p,s) nomli void turidagi funksiya tasvirlansin. Bu funksiyadan foydalanib, qarama-qarshi uchlarining koordinatalari ma`lum, tomonlari koordinata o‘qlariga parallel bo`lgan 3 ta to‘g‘ri to‘rtburchakning perimetrlari va yuzalari hisoblansin.


Berilgan k butun musbat sonining raqamlarini teskari tartibda joylashtiruvchi (123 -> 321) InvertDigits(k) nomli void turidagi funksiya tasvirlansin(k butun turga tegishli parametr bo’lib, bir vaqtda kiruvchi va chiquvchi hisoblanadi). Bu funksiyadan foydalanib, berilgan 5 ta butun musbat sonlarning raqamlari teskari tartibda joylashtirilsin.


Berilgan a, b, c o‘zgaruvchilardagi qiymatlarni quyidagicha siljituvchi a→b, b→c, c→a o‘ng siljish Shift Right3(a,b,c) nomli void turidagi funksiya tasvirlansin(a, b, c lar haqiqiy turga tegishli parametrlar bo‘lib, bir vaqtning o‘zida kiruvchi va chiquvchi hisoblanadi). Bu funksiyadan foydalanib, berilgan 2 ta (a1, b1, c1) va (a2, b2, c2) sonlar ketma - ketligining har biri uchun o‘ng siljish amali bajarilsin.


Berilgan a, b, c o‘zgaruvchilardagi qiymatlarni quyidagicha siljituvchi a→c, c→b, b→a chap siljish Shift Lift3(a,b,c) nomli void turidagi funksiya tasvirlansin (a, b, c lar haqiqiy turga tegishli parametrlar bo‘lib, bir vaqtning o‘zida kiruvchi va chiquvchi hisoblanadi). Bu funksiyadan foydalanib, berilgan 2 ta (a1, b1, c1) va (a2, b2, c2) sonlar ketma - ketligining har biri uchun chap siljish amali bajarilsin.


Berilgan x va y o‘zgaruvchilardagi qiymatlarning kichigini x ga kattasini y ga yozadigan Minmax(x,y) nomli void turidagi funksiya tasvirlansin(x,y- haqiqiy turga tegishli parametrlar bo'lib bir vaqtning o‘zida kiruvchi va chiquvchi). Bu funksiya 4 marta chaqirilib, berilgan a,b,c, d sonlarining eng kattasi va eng kichigi aniqlansin.


Berilgan a, b, c o‘zgaruvchilarning qiymatlarini o‘sish tartibida joylashtiruvchi SortInc3(a, b, c) nomli void turidagi funksiya tasvirlansin(a, b, c lar – haqiqiy turga tegishli parametrlar bo`lib, bir vaqtning o‘zida kiruvchi va chiquvchi hisoblanadi). Bu funksiyadan foydalanib, berilgan 2 ta (a1 , b1, c1) va (a2, b2, c2) sonlar ketma-ketliklarining har biri o‘sish tartibida tartiblansin.


Berilgan a, b, c o‘zgaruvchilarning qiymatlarini kamayish tartibida joylashtiruvchi SortDec3(a,b,c) nomli void turidagi funksiya tasvirlansin(a, b, c lar –haqiqiy turga tegishli parametrlar bo‘lib, bir vaqtning o‘zida kiruvchi va chiquvchi hisoblanadi). Bu funksiyadan foydalanib, berilgan 2 ta (a1,b1 ,c1) va (a2, b2, c2) sonlar ketma - ketliklarining har biri kamayish tartibida tartiblansin.




Yüklə 59,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin