4-ma’ruza o‘quv dasturlari va dars ishlari reja



Yüklə 121,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix01.07.2022
ölçüsü121,37 Kb.
#117323
  1   2   3   4   5   6   7
4 - MA\'RUZA



4-MA’RUZA
O‘QUV DASTURLARI VA DARS ISHLARI
Reja:
1. Kimyo dasturlari tarixidan
2. Asosiy va qo’shimcha materiallar
3. Davlat dasturlari tarixi. Hozirgi holat.


Revolyutsiyadan so'ng darslar dastursiz o'tqazilgan. 1920 yilda
Lebedev (Moskva ) va
Verxovskiy(Sankt-Peterburg)lar tomonidan
taxminiy umumdavlat dasturlari taklif etilgan. Ikkala dasturlarda ham
ayrim kamchiliklar bo'lgan. 1923 yild "GUS" (davlat o'quv kengashi)
dasturi tasdiqlangan, uning bir qismi kimyodan iborat bo'lgan. 1932 yilda
stabil kimyodan dastur tasdiqlandi, unda kimyo faninning o'quv materiali
yilda bajariladigan o'quv soatlari va ular o'quvchilarning bilim ola olish
saviyasiga qarab joylashtirildi va shuning natijasida o'quvchilarga
yetkaziladigan aniq-ravshan bilimlar doirasi belgilandi. 1932 yilda V.
Verxovskiy, L. Smorgonskiy, O. Gol'dfarb tomonidan "Anorganik
kimyo"dan birinchi stabil darslik chop etildi. Shundan keyingi davrlarda
O'zbekistonda sobiq Ittifoq tasdiqlagan dasturlar asosida darslar o'tqazildi.
Mustaqil respublikamizda dunyo yangiliklarini hisobga olib, kimyo
dasturlari qaytadan qarab chiqildi va o'shalarni hisobga olib, yangi 7-11
sinflarga mos dastur tasdiqlandi, bu esa o'z navbatida yangi darsliklar
yozilishi va chop etilishiga sababchi bo'ldi. Dastur tuzayotganda asosiy
e'tibor moddalarning xossalari va bu moddalar bilan bo'ladigan
o'zgarishlarni izohlashga qaratilgandir. Moddalar bilan bo'ladigan
o'zgarishlar esa shu moddalarning tuzilishi va uni aks ettirishda atom-
molekulyar ta'limot asos ekanligiga asoslangandir. Kimyoviy
tushunchalar kimyoviy elementlarni xarakterlaydigan ko'pgina konkret
materialni o'z ichiga oladi. Atom-molekulyar ta'limot hamda kimyoviy
elementlar va ularning eng muhim birikmalari to'g'risidagi ta'limotni
hozirda D. Mendeleyevning davriy qonuni va davriy sistemasisiz
tasavvur qilib bo'lmaydi uni kimyo dasturining asosi qilib tanlangandir.
Kimyo asoslarini tushuntirishda eng muhim moddalar suv, xavo, temir,
alyuminiy, mineral o'g'itlar, ko'pgina har kunlik hayotda qo'llaniladigan
moddalar asos qilib olingan, hamda ularni tushuntirishda boshqa fanlar
ahamiyati ham ko'rsatilgandir.

Yüklə 121,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin