4-ma`ruza: Qonun ustuvorligi – fuqarolik jamiyatining muhim omili Reja


Fuqarolarda qonunga itoatkorlik tuyg’usini shakllantirish



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə9/16
tarix04.04.2022
ölçüsü1,31 Mb.
#115132
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
4-maruza

4.4.Fuqarolarda qonunga itoatkorlik tuyg’usini shakllantirish.

Fuqarolik jamiyatini qurish jarayonida qonun ustuvorligining tarkibiy qismlari bo’lmish jamiyat va huquq o’rtasidagi munosabat, insonning huquqqa munosabati, huquqiy ong darajasi, huquqiy himoyalanish va huquqdan foydalanish darajalariga ijobiy tahsir ko’rsatadigan omillarni ajratib ko’rsatish lozim bo’ladi. Insoniyat uzoq tarixiy taraqqiyot yo’lini bosib o’tar ekan, bu yo’lda olamshumul muvaffaqiyatlar bilan birga, ijtimoiy hayotda muammolar, xatoliklar uchrab turdi. Ko’pgina holatlarda ana shunday muammolarning asosiy sababi jamiyat tomonidan huquq talablari to’la inkor etilganligidir. Bu esa qonunlarning «ishlamasligi»ga, qog’ozda qolib ketishiga sabab bo’lgan. Bilamizki, qonunlar o’z-o’zidan ishlab ketavermaydi va uni harakatlantiruvchi mexanizmlar mavjud.

Mamlakat fuqarolari qabul qilingan qonunlarni ongli ravishda tushunishlari, ya`ni ularning ham huquqiy ongi va huquqiy madaniyati rivojlangan bo’lishi lozim. Buning uchun huquq talablari jamiyat va davlatda o’z yechimini topgan bo’lishi zarur. Bu Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta`minlashda dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Bu haqda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. M. Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma`ruzasida shunday degan edi: «asosiy masala – qonunlarning mazmun-mohiyatini xalqimizga va mashul ijrochilarga o’z vaqtida yetkazish, ularning ijrosini to’g’ri tashkil etish hamda qonun talablariga qathiy amal qilishni ta`minlashdan iboratdir. Afsuski, mazkur yo’nalishdagi ishlar talab darajasida emas. Buning oqibatida oxirgi uch yilda davlat organlarining 157 ta qarori o’z kuchini yo’qotgan qonunlar asosida chiqarilgan. Endi o’ylab ko’raylik, qonunchilikka kiritilayotgan yangiliklar o’z vaqtida joylarga, ayniqsa, ijrochilarga yetkazilmaydigan bo’lsa, ularning bajarilishi haqida nima deyish mumkin? Bu muammoni samarali hal qilishning birdan-bir yo’li – qonunlar ijrosini tashkil etish bo’yicha soatdek aniq ishlaydigan mexanizm yaratishdir»12.

Darhaqiqat, qonunlarning qabul qilinishi Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligiga xizmat qilishi lozim. SHu bilan birga, «qonunni buzishga hech kimning haqqi yo’q. Chunki qonun – xalqning xohish-irodasi! Uni buzgan, mensimagan odam xalqning yuziga oyoq qo’ygan kishidir. Biz qonunni hurmat qilish, unga bo’ysunish, rioya qilish yo’lidan borsak, istiqbolimiz porloq bo’ladi»13.

Qabul qilingan qonunlar jamiyat ahzolari tomonidan xayrixohlik bilan kutib olinsa va ular tomonidan qonunlarga so’zsiz rioya etilsa, huquqiy davlat qaror topadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev tahkidlaganidek, «...avvalambor, qonun loyihalarini puxta va ijtimoiy munosabatlarni to’g’ridan-to’g’ri tartibga soladigan darajada ishlab chiqish»14 lozim.





Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin