4.5.Sud-huquq tizimini isloh qilish. Demokratik talablarga mutanosib keladigan mustahkam qonunchilik bazasining yaratilishi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar Strategiyasi to’g’risida”gi o’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4947-sonli farmoni asosida qabul qilingan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar Strategiyasining ikkinchi ustuvor yo’nalishi bevosita “qonun ustuvorligi va sud-huquq tizimini isloh qilishning ustuvor yo’nalishlari”ga bag’ishlanagan.
Bundan ming yil muqaddam ulug’ bobomiz Abu Nasr Forobiy: “Qonunlari kuchli davlat qudratli bo’ladi. Qonunlari mukammal shahar mukammal shahardir”, - degan edi. Darhaqiqat, haqiqiy erkinlik, erkin va ozod faoliyat amaldagi qonunlar doirasidagi faoliyatdir. Boshqacha qilib aytganda, haqiqiy demokratiya - qonunlar diktaturasi. Ana shundagina qonun ustuvorligiga erishiladi va barchaning qonun oldida tengligi ta`minlanadi. Har qanday davlatning mustahkamligi, uning adolatli va qathiyatli siyosati, ijtimoiy adolatni, haqiqatni, fuqarolar haq-huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonunlar asosida qo’riladi. Ayni qonun doirasidagi erkinlik, qonun doirasidagi erkin faoliyat ishlab chiqarish madaniyatini ham, turmush turzi mahnaviy meyorlarini ham davlat boshqaruvi tamoyillarini ham qadriyatga aylantiradi.
Dostları ilə paylaş: |