5.3-rasm.
Konstitutsiya va qonun ustuvorligi haqida gap ketganda, bu masalaga alohida to’xtalishimizning sababi bor, chunki Konstitutsiya qonun hukmron bo’lgan davlatning ajralmas qismidir. Bu o’rinda Konstitutsiya va qonunlarning demokratik jamiyat hayotidagi ahamiyatini ko’rsatish, hokimiyatlarning taqsimlanishi va ularning qonun ustuvorligini ta`minlashdagi o’zaro hamkorligi qirralarini yoritib berish, shuningdek aholi huquqiy madaniyatini qonun ustuvorligini ta`minlashning asosiy omili sifatidagi o’rnini tahlil qilish maqsadga muvofiq.
Qonun ustuvorligining mohiyati O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining III bob, 15- va 16-moddalarida belgilab qo’yilgan. 15-moddaga muvofiq, O’zbekiston Respublikasida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarning ustunligi so’zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko’radilar deyilgan.
Asosiy qonunimizning 92-moddasida O’zbekiston Prezidenti Oliy Majlis yig’ilishida qabul qilgan qasamyodga binoan, Konstitutsiya va qonunlarga qathiy rioya etishi belgilangan. Uning 48-moddasida esa barcha fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga majbur ekanliklari mustahkamlab qo’yilgan. Binobarin, Prezidentning davlat boshlig’i sifatida chiqargan farmon va farmoyishlari qonunga asosan hamda uning ijrosini ta`minlash maqsadida qabul qilinadi (89-, 94-, 98-m.). Mahalliy hokimiyat organlari qonunlarni, Prezident farmonlarini, davlat hokimiyati yuqori organlarining qarorlarini amalga oshiradilar (101-m.). Sudg’yalar mustaqildirlar, faqat qonunga bo’ysunadilar (112-m.). Qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan esa prokuror nazorati amalga oshiriladi (118-m.). O’zbekiston Konstitutsiyasi mamlakatda to’la qonun ustuvorligini ta`minlash ruhi bilan sug’orilgan bo’lib, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurilishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: |