Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot - №2 shakl.
2a-shakl «Debitor va kreditorlik to’g’risida»
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot - №3 shakl.
Asosiy vositalar xarakati to’g’risidagi hisobot - №4 shakl.
Xususiy kapital to’g’risidagi hisobot - №5 shakl.
TOPSHIRIQNI BAJARISH UCHUN KO’RSATMALAR:
1-Topshiriq korxonaning ta’sis hujjatlari va hisobot ma’lumotlarini o’rganish orqali bajariladi va bu o’z navbatida «Xo’jalik sub’ekti to’g’risida umumiy ma’lumotlar» bo’limi uchun material sifatida xizmat qiladi.
Ichki nazorat tizimiga baho berishda auditorlik faoliyatida «Audit o’tkazishda buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimiga baho berish va o’rganish» standartlaridan foydalaniladi. Olingan ma’lumotlar auditni rejalashtirish to’g’risidagi hisobotning «Ichki nazorat tizimi holatini baholash» bo’limi uchun foydalaniladi.
Auditning umumiy rejasi va dasturi korxonaning faoliyatini o’rganish asosida ichki nazorat tizimini baholash va moliyaviy hisobotni tahlilini hisobga olgan holda tuziladi; auditorlik faoliyati standartlariga mos holda rasmiylashtiriladi. (1-2 jadvallar)