Bilish va bilim.Bilishning mohiyati, shakllanish va rivojlanish qonuniyatlari, xususiyatlarini o‘rganish falsafa tarixida muhim o‘rin egallab kelmoqda. Inson o‘z bilimi tufayli borliq, tabiat, jamiyatni va, nihoyat, o‘z-o‘zini o‘zgartiradi. Bilishga qaratilgan inson faoliyatini va uni amalga oshirishning eng samarali usullarini tadqiq etish falsafa tarixida muhim ahamiyatga ega. Shu bois ham falsafaning bilish masalalari va muammolari bilan shug‘ullanuvchi maxsus sohasi - gnoseologiya vujudga keldi.
Inson bilishi nihoyatda ko‘pqirrali, murakkkab va ziddiyatli jarayondir. Gnoseologiya asosan bilishniig falsafiy muammolarini
hal etish bilan shug‘ullanadi. Har bir tarixiy davr jamiyatning rivojlanish extiyojlaridan kelib chiqib, gnoseologiya oldiga yangi vazifalar qo‘yadi. Xususan, XVII asr o‘rtalarida yevropalik faylasuflar ilmiy bilishning ahamiyati, xaqiqiy ilmiy bilimlar xosil qilishning usullarini o‘rganish, ilmiy haqiqat mezonini aniqlash bilan shug‘ullandilar. Tajribaga asoslangan bilimgina haqiqiy bilimdir, degan g‘oyani olg‘a surdilar.
XVIII asr mutafakkirlari ilmiy bilishda inson aqli im-koniyatlariga, ratsional bilishning hissiy bilishga nisbatan ustunligiga alohida urg‘u berdilar. Buyuk nemis faylasufi I. Kant bilish natijalarining haqiqiyligi xususida emas, balki insonning bilish qobiliyatlari haqida ko‘proq bahs yuritdi. Gnoseologiya oldiga inson olamni bila oladimi, degan masala keskin qo‘yildi. Insonning bilish imkoniyatlariga shubha bilan qaraydigan faylasuflar agnostiklar deb ataldilar.
Bilish nima?Bilish insonning tabiat, jamiyat va o‘zi tug‘risida bilimlar hosil qilishga qaratilgan aqliy, ma’naviy faoliyat turidir. Inson o‘zini qurshab turgan atrof-muhit to‘g‘risida bilim va tasavvurga ega bo‘lmay turib, faoliyatning biron-bir turi bilan muvaffaqiyatli shug‘ullana olmaydi. Bilishning mahsuli, natijasi ilm bo‘lib, har qanday kasb-korni egallash faqat ilm orqali ro‘y beradi. Shuningdek, bilish insongagina xos bo‘lgan ma’naviy extiyoj, hayotiy zaruriyatdir.
Kundalik faoliyat jarayonida tajribalar orqali bilimlar hosil qilish butun insoniyatga xos bo‘lgan bilish usulidir. Bilimlar bevosita hayotiy ehtiyojdan, farovon hayot kechirish zaruratidan vujudga kelgan va rivojlangan. Insoniyatning ancha keyingi taraqqiyoti davomida ilmiy faoliyat bilan bevosita shug‘ullanadigan va ilmiy nazariyalar yaratuvchi alohida sotsial guruh vujudga keldi. Bular - ilm-fan kishilari bo‘lib, ilmiy nazariyalar yaratish bilan shug‘ullanadilar.
Bilishning ikki shakli: kundalik (empirik) bilish va iazariy (ilmiy) bilish bir-biridan farqlanadi. Kundalik bilish usullari nihoyatda xilma-xil va o‘ziga xos bo‘lib, bunday bilimlarni sistemalashtirish va umumlashgan holda keyingi avlodlarga berish ancha mushkuldir. Hozirgizamon g‘arb sotsiologiyasida xalqlarning kundalik bilim hosil qilish usullarini o‘rganuvchi maxsus soha - etnometodologiya fani vujudga keldi. Gnoseologiya asosan nazariy bilish va uning rivojlanish xususiyatlarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Nazariy bilishning ob’ekti, sub’ekti va predmetini bir-biridan farqlash muhim.
Bilish ob’ekti. Tadqiqotchi-olim, faylasuf, sanoatkor va boshqalarning, umuman insonning bilimlar hosil qilish uchun ilmiy faoliyati qaratilgan narsa, hodisa, jarayon, munosabatlar bilish ob’ektlari hisoblanadi. Bilish ob’ektlari moddiy, ma’naviy, konkret, mavhum, tabiiy va ijtimoiy bo‘lishi mumkin. Bilish ob’ektlari eng kichik zarralardan tortib ulkan galaktikagacha bo‘lgan borliqni qamrab oladi. Bilish ob’ektlariga asoslanib, bilim sohalari tabiiy, ijtimoiy-gumanitar va texnik fanlarga ajratiladi.