4-mavzu: Boshlang‘ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarning mazmuni. Matematik to`garak, matematik o`n minutliklar tayyorlash va o`tkazish metodikasi. Matematik konkurs



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə1/3
tarix05.05.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#126439
  1   2   3
4-mavzu Ma`ruza STIMO 3-kurs

  • 4-mavzu: Boshlang‘ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarning mazmuni. Matematik to`garak, matematik o`n minutliklar tayyorlash va o`tkazish metodikasi. Matematik konkurs, bellashuvlar va mashg`ulotlarni tayyorlash va o`tkazish metodikasi.
  • Reja:
  • 1. Matematik to`garak, matematik o`n minutliklar tayyorlash va o`tkazish metodikasi
  • 2. Matemtik konkurs, bellashuvlar va mashg`ulotlarni tayyorlash va o`tkazish metodikasi
  • 3. Boshlang‘ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda o`quv vositalari zamonaviy pedagogik texnolodiyalardan foydalanish
  • ADABIYOTLAR
  • 1. Abdullayeva B.S., Sadikova A.V., Toshpo`latova M.I. Boshlang`ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish T.: OOO «Jahon - Print», 2011.
  • 2. Jumayev M.E, Tadjiyeva Z.G`. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasi. (O O`Y uchun darslik.) Toshkent. ―Fan va texnologiyai 2005 yil.
  • 3. Jumayev M.E, Tadjiyeva Z.G`. Boshlang`ich sinflarda matematikadan fakultativ darslarni tashkil etish metodikasi. Toshkent. ―TDPU` 2005 yil.
  • Sinfdan tashqari ishlar deyilganda ko`proq ikkinchi turdagi mashg`ulotlar nazarda utiladi va ular asosan o`z oldiga quyidagi maqsadlarni qo`yadi:
  • 1. O`quvchilarda matematikaga va uning tadbiqlariga qiziqish uyg`otish
  • 2. O`quvchilarning matematikadan reja bo`yicha olgan bilimlarini kengaytirish
  • 3. O`quvchilarda ilmiy tekshirish xarakteridagi malakalarini oshirish
  • 4. Matematik fikrlash madaniyatini tarbiyalash
  • 5. O`quvchilarga matematikadan ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan ishlashga o`rgatish
  • 6. O`quvchilarda matematik olimlar, tushunchalar va tarixiy materiallar haqida tasavvurlarini kengaytirishdan iborat.
  • Bu maqsadlarni bir qismi darsda amalga oshiriladi, ammo dars vaqti chegaralanganligi tufayli qolgan qismini sinfdan tashqari ishlarda amalga oshiriladi.
  • Matematik 10 minutliklarida topshiriqlarga qiziqish uyg`otish va quvvatlash uchun bu topshiriqlar darslarda beriladigan oddiy matematik topshiriqlarga o`xshash bo`lmasligi kerak. Mashg`ulot o`tkazish uchun har xil qiziqarli arifmetik va geometrik mazmunli masalalar, qiyinroq masalalar, hazil masalalar, masalalar tuzishga doir masalalar, qiziqarli kvadratlar, rebuslar, topishmoqlar va boshqalar material bo`lib xizmat qiladi.
  • Matematik to`garak matematikadan tizimli sinfdan tashqari ishning eng ko`p tarqalganidan biri. Uning asosiy vazifasi – matematikaga alohida qiziqish ko`rsatgan o`quvchilar bilan bajariladigan chuqurlashtirilgan ish.
  • Namuna uchun ikkinchi yarim yillikda 1-sinfda o`tkazilgan ba‘zi to`garak mashg`ulotlarining taxminiy rejalarinini keltiramiz.

  • Yüklə 1,71 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin