4-mavzu. Boshqaruv maqsadi va funksiyalari. Reja: Boshqarishning maqsadi va ularga qo’yiladigan talablar
4-MAVZU. BOSHQARUV MAQSADI VA FUNKSIYALARI.
Reja:
1. Boshqarishning maqsadi va ularga qo’yiladigan talablar. 2. Boshqaruv maqsadi turlari, joriy va istiqboldagi maqsadlar, muammoli va innovatsion maqsadlar, maqsadga qo’yiladigan sifatlar, maqsadlar shajarasi, maqsad daraxti. 3. Maqsadli boshqaruv usuli pog’onalari. Faoliyatni yaxshilashga rahbarlik qilish.
1. Boshqarishning maqsadi va ularga qo‘yiladigan talablar. Muayyan omillarga erishish yoxud ularni saqlab qolish boshqaruvning bosh maqsadidir. Boshqaruv maqsadlari hamisha istiqbolli rivojlanishni nazarda tutuvchi gipotezalarga asoslanadi. Shuning uchun bu xil gipotezalarning puxtaligi samarali natijaga erishish uchun muhim garovga aylanadi.
Istiqbolli rivojlanish rejasi qanchalik uzoq vaqtni qamrab olsa, boshqaruv maqsadlari shunchalik ehtimoliy tusga ega bo’ladi. Boshqaruv maqsadlarini izohlashda eng avvalo maqsad o`zi nima ekanligiga aniqlik kiritib olish lozim.
Maqsad – bu muddao, murod, ya’ni u yoki bu niyatga erishmoq uchun ko’zda tutilgan mushtarak orzu. Aynan shu maqsad kishi faoliyatini, o’z orzularini ushalishiga yo’naltiradi. Biz dastlab o’zimizning oldimizda turgan maqsadimizni aniqlab olamiz, so’ngra esa shu maqsadimiz: